JET: Qaysi banklar rasmiy daromadsiz eng past foizli mikroqarzlar taqdim etadi? Batafsil

BANKNING YANGI MINI-BANKI OCHILDI

29.06.2015
29.06.2015     Poytaxtimizning Shayxontohur tumanida “Mikrokreditbank” aksiyadorlik tijorat banki Amaliyot boshqarmasiga qarashli yangi “O'rda” mini-banki ish boshladi. Mazkur mini-bankning ochilish marosimida turli davlat va jamoat tashkilotlar vakillari, bank mutasaddilari hamda jurnalistlar ishtirok etdi.       Mamlakatimizda keyingi yillarda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasini qo'llab-quvvatlash borasida moliya muassasalari tomonidan olib borilayotgan islohotlar ko'lami nihoyada keng. Bu borada “Mikrokreditbank” ATB tomonidan xalqimiz farovonligi yo'lida  amalga oshirilayotgan ishlar misol bo'la oladi.       Bugungi kunda bank tarmog'i, 85 ta filial va 140 ta minibanklar respublikamizning barcha mintaqalaridagi jumladan, eng chekka hududlardagi aholi va tadbirkorlik sub'ektlarining bank xizmatlaridan foydalanish imkoniyatini kengaytirdi va bank mijozlari soni qariyb 290 mingtani tashkil etmoqda.       Ta'kidlash joizki, bank tomonidan birgina joriy  yil boshidan buyon kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlarini moliyaviy qo'llab-quvvatlash borasida jami 705,7 mlrd. so'mlik kreditlar ajratildi. Bunda asosiy e'tibor tadbirkorlik sub'ektlarini moliyaviy qo'llab-quvvatlashga qaratilib, aholining mehnatga layoqatli qatlamini, shu jumladan, xotin-qizlarni, yoshlar, kollej bitiruvchilarini tadbirkorlik sohasiga jalb qilish, ish bilan ta'minlash borasida qator tadbirlar amalga oshirildi.       Bank tomonidan yoshlarni tadbirkorlik faoliyatini qo'llab-quvvatlash, kollej bitiruvchilarini kichik biznesga jalb etish borasida ham keng ko'lamli ishlarni amalga oshirildi va ularga 18,3 mlrd. so'mlik kreditlar ajratildi. Shuningdek, ayollar tadbirkorligini rivojlantirishga 36,3 mlrd. so'mlik imtiyozli kreditlar ajratilib, belgilab olingan vazifalar to'liq amalga oshirilmoqda.   Bank matbuot xizmati  
MKBank “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 5-maydagi “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat bankini tashkil etish toʼgʼrisida”gi PF-3750-sonli Farmoni asosida tashkil etildi.Bank xalqaro moliyaviy institutlar hamda chet el tijorat banklari bilan hamkorlik aloqalarini oʼrnatgan.
O'xshash yangiliklar
Yoqimli yangiliklar!

20.11.2025

Yoqimli yangiliklar!

Uznetix Invest - investitsiya orqali pul ishlash haqida kurs

05.11.2025

Uznetix Invest - investitsiya orqali pul ishlash haqida kurs

Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?

17.10.2025

Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?



Orphus tizimi