Mikrokreditbankning yangi omonat daftarchasi ishlab chiqildi

28.05.2021
28.05.2021
 Bankning resurs bazasini mustahkamlash, aholi qoʼlidagi boʼsh pul mablagʼlarini bankning jozibador omonatlariga jalb qilinishida xizmatlar sifatini yanada yaxshilash, aholining moddiy manfaatdorligini hamda aholiga tez va qulay xizmatlar koʼrsatish maqsadida amldagi omonat daftarchaning yangi loyihasi taqdim qilinmoqda.

 “Mikrokreditbank” АTB tizimida amaldagi omonat daftarcha va shaxsiy hisobvaraqcha orqali kirim-chiqim amaliyoti bajarilganda tegishli maʼlumotlar bank xodimi tomonidan qoʼlda toʼldiriladi hamda omonat shartnomasi IАBS dasturining tegishli modulidan chop etiladi. Аmaldagi omonat daftarcha jamlanmasi jami 8 varaqdan iboratligi sababli mijozlarga noqulaylik tugʼdiradi.

Yangi namunadagi omonat daftarchasi mijoz va bank oʼrtasidagi omonat shartnomasini oʼz ichiga olgan holda jami 3 varaqdan iboratligini, omonat daftarchasi IАBS dasturi orqali elektron tarzda shakllantirilgan maʼlumotlar bilan toʼldiriladi. Shuningdek, bank masʼul xodimi tomonidan printer orqali chop etilishi natijasida mijoz va bank xodimining vaqti tejaladi.
 
Yangi namunadagi omonat daftarchasi amaldagi omonat daftarchasidan oʼz jozibador dizayni bilan ham ajralib turadi.
MKBank “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 5-maydagi “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat bankini tashkil etish toʼgʼrisida”gi PF-3750-sonli Farmoni asosida tashkil etildi.Bank xalqaro moliyaviy institutlar hamda chet el tijorat banklari bilan hamkorlik aloqalarini oʼrnatgan.
O'xshash yangiliklar
Central Asian Fintech Association (CAFA) Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan menejerlar va IT yetakchilari uchun eng muhim tadbirlardan biri — Manager’s Conference 2026 tadbirining hamkori va ishtirokchisi sifatida qatnashadi

13.05.2026

Janubiy Koreyadan pul o‘tkazmalari yanada qulaylashdi: Octobank HUMO kartalariga E9PAY uladi

05.05.2026

Janubiy Koreyadan pul o‘tkazmalari yanada qulaylashdi: Octobank HUMO kartalariga E9PAY uladi

Qashqadaryo: ANORBANK 150 nafar maktab o‘quvchilari uchun moliyaviy savodxonlik darslarini o‘tkazdi

24.04.2026

Qashqadaryo: ANORBANK 150 nafar maktab o‘quvchilari uchun moliyaviy savodxonlik darslarini o‘tkazdi

Orphus tizimi