JET: Kartadan kartaga 200 million so'mni komissiyasiz o'tkazish mumkinmi? Batafsil

Banknotalar

17.06.2020

Banknot nima?

Banknot (inglizcha bank - bank, note - kvitansiya) – paxtadan tayyorlangan  qog‘oz asosida bosilgan, ba'zida zig‘ir, abaka, maxsus plastmasa turlari yoki ularning aralashmasi asosida tayyorlangan “gibrid banknot” pul birligidir. Qadimda banknotlar zich mato (odatda ipak), teri, yog‘och yoki metalldan tayyorlangan, odatda to‘g‘ri-to‘rtburchak shaklda bo‘ladi.

Dastlabki davrlarda ko‘pgina tijorat banklari banknotlarni muomalaga kiritish huquqiga ega bo‘ldilar. Keyinchalik davlat banknotlarni muomalaga kiritishni Markaziy bankda birlashtirdi. Endilikda milliy valyutalarning pul belgilari (banknotlari va tangalar) belgilangan tartibda markaziy banklar tomonidan muomalaga kiritiladi va butun mamlakat bo‘ylab nominal qiymati bo‘yicha qabul qilinishi majburiydir.

Eng qadimgi banknotlar Xitoy (Tang sulolasi)ga tegishli bo‘lib, VIII –asrga oid bo‘lgan.

Banknotlar nimalardan tayerlanadi?

57

Banknot materialiga bo‘lgan asosiy talab bu chidamlilik. Yog‘ochdan tayyorlangan oddiy qog‘ozlar ularga mos emas. Banknotlar ishlab chiqarish uchun asosan paxta tolasidan tayrlangan qog‘ozlar ishlatiladi. Uning tarkibi deyarli toza (96-98%) sellyuloza bo‘lib, oqligi, elastikligi va yuqori mustahkamligi bilan ajralib turadi.

Qog‘ozni ko‘p sinovlardan o‘tkazishadi, masalan u 2 500 dan ortiq bukilishlardan so‘ng butun qolishi kerak.

Qanday zarar ko‘rgan banknotlar to‘lovga qabul qilinishi mumkin?

Quyidagi keltirilgan “shikastlangan” banknotalar, banklar tomonidan qabul qilinishi lozim:

  • siyqalangan va ifloslangan lekin banknotaning chizmasini (shakli) aniqlash imkoniyati bo‘lsa;
  • banknota enining (bo‘yining) ¼ qismidan oshmagan yopishtirilgan yirtiqlarga ega bo‘lsa;
  • yopishtirib qo‘yilgan burchaklari yoki qismlari (1 -2 sm.dan oshmagan) bo‘lsa hamda yirtib olingan qismi aynan ushbu banknotaga tegishli bo‘lsa;
  • banknotalarning haqiqiyligini aniqlashga to‘sqinlik qilmaydigan va xavfsizlik belgilaridan birining 50% dan ko‘pini qoplamaydigan kichik dog‘lar (muomaladan, soxtalashtirishdan yoki banknot namunasining maqomidan voz kechishni tasdiqlovchi shtamplar bundan mustasno);
  • diametri 1 mm dan oshmaydigan va ikkitan ortiq bo‘lmagan teshiklarga ega bo‘lsa.
Muhim! Banklar bunday banknotalarni milliy valyutaga almashtirish, bir xil buzilmagan banknotalar bilan almashtirish, ayirboshlash, katta-kichiklarga almashtirishga majburdir.

Qaysi holatlarda banknot yaroqsiz deb hisoblanadi?

Banknot quydagi xollarda yaroqsiz deb hisoblanadi:

  • bo‘laklarga ajratilgan yoki yopishtirilgan bo‘lsa;
  • banknotning geometrik o‘lchovi 3 mm yoki undan ortiqroq o‘zgargan bo‘lsa;
  • banknotning rasmi (rasm, portret, shakli)ni aniqlashga imkon bermaydigan darajada ifloslangan bo‘lsa;
  • banknota o‘zining qattiqlik darajasini yo‘qotib, yumshoq holatga kelib qolgan bo‘lsa;
  • dastlabki rangi o‘chgan bo‘lsa;
  • kuygan yoki yongan bo‘lsa;
  • asosiy belgilaridan birining 50% ortiq qismiga moy, bo‘yoq yoki siyoh to‘kilgan bo‘lsa;
  • kimyoviy reaktivlar ta'siri mavjud bo‘lsa;
  • Atayin tasvir (surat, portret) o‘zgargan, nominali o‘zgargan, himoya ipchalari olib tashlangan, kata hajmdagi yozuvlar qoldirilganbo‘lsa;
  • Banknotlar aniq bosma xatoga ega bo‘lsa (belgining yo‘qligi va himoya iplari mavjud emasligi);

Qalbaki banknotga duch kelinsa nima qilish kerak?

56

Do‘konlarda xarid qilish yoki xizmatlarni sotib olishda sizga qo‘shimcha pul (qaytim) berishlari mumkin. Agar banknotning haqiqiyligiga shubha qilsangiz, uni almashtirishlarini so‘rang.

Agar u cho‘ntagingizda bo‘lsa, tijorat bankiga murojaat qiling-ular uni bepul tekshirishadi.

U faqatgina shikastlangan va haqiqiy bo‘lishi ham mumkin. Bu holatda, bank sizga boshqa banknotga almashtirib berishi mumkin.

Manba: finlit.uz
O'xshash yangiliklar
“Fitch Ratings” xalqaro reyting agentligi “Kapitalbank”ga “Barqaror” prognoz bilan “B” darajadagi reytingini berdi

04.07.2024

“Fitch Ratings” xalqaro reyting agentligi “Kapitalbank”ga “Barqaror” prognoz bilan “B” darajadagi reytingini berdi

“S&P Global Ratings” xalqaro agentligi "Kapitalbank" reytingini “B”dan “B+”ga ko‘tardi.

02.07.2024

“S&P Global Ratings” xalqaro agentligi "Kapitalbank" reytingini “B”dan “B+”ga ko‘tardi.

Uzum Bank Markswebb versiyasi bo‘yicha banklar va to‘lov servislari ilovalari orasida birinchi o‘rinni egalladi
Uzum Bank Markswebb versiyasi bo‘yicha banklar va to‘lov servislari ilovalari orasida birinchi o‘rinni egalladi



Orphus tizimi