Bankomatning bank kartasini ushlab qolishining asosiy sabablari:
Muhim! Bankomat kartani qaytarmaganda odatda kerakli ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan chekni chiqaradi. Uni tashlab yubormang, ushbu chek bank kartangizni qaytarib olish uchun bankka murojaat qilganda foydali bo‘lishi mumkin.
Agar bankomat sizga bunday chek bermagan bo‘lsa, qayg‘urishga hojat yo‘q, cheksiz ham bank kartangizni qaytarib olishingiz mumkin.
Bunday holatlarda amalga oshirish zarur bo‘lgan harakatlar ketma-ketligi:
"Bekor qilish" tugmasini bosing, bir necha daqiqa kutib turing - bu vaqt davomida "texnik nosozlik" avtomatik ravishda bartaraf etilishi mumkin. Agar bankomat bank kartangizni qaytarmasa, bankomatning joylashuviga (bank ichida yoki alohida ATM punktida) qarab bank xodimiga murojaat qiling.
Bankomatning o‘zida bank nomi va bank kartangizni qaytarib olishingiz uchun nimalar qilishingiz zarurligini tushintirish uchun aloqa raqami haqida ma’lumotlar mavjud. Bankomat bank binosida joylashgan bo‘lsa, xodimlarga murojaat qiling.
Bank kartasining qaytarilmasligi haqida telefon orqali xabar bering, bank kartasi ma’lumotlarini ayting, zarur hollarda savollarga javob bering. Bank xodimi sizga bank kartasini qaytarish uchun qayerga va qanday hujjatlar bilan murojaat qilishingiz kerakligini aytadi.
Xizmat ko‘rsatuvchi bank vaziyatni o‘rganib chiqib, holat bo‘yicha tushintirish olib boradi, bank kartasini bir kun ichida qaytarib beradi, yoki bank kartasiga zarar yetgan/muddati tugagan taqdirda, oldingi karta o‘rniga yangi kartani chiqaradi.
01.07.2025
Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi
30.06.2025
Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya
24.06.2025
Savdo, fintex va «yashil» loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda
Bankomat orqali bank kartasini qaytarmaslik holatlari