Bugun tijorat banklarida aksariyat amaliyotlar raqamli tarzda olib boriladi. Ammo bu yetarli emas. Chunki globallashuv davrida bank amaliyotlarida inson omilini kamaytirish va bu orqali shaffoflikni ta’minlash tobora muhim ehtiyojga aylanyapti.
Mazkur yo‘nalishda aksiyadorlik tijorat Xalq banki tomonidan qator ishlar olib borilmoqda. Ya’ni xizmat ko‘rsatishning innovatsion usullaridan foydalangan holda imkon qadar mijozlarga masofaviy xizmat ko‘rsatish ko‘lamini kengaytirish va bu orqali aholiga yanada yaqin bo‘lish choralari ko‘rilayotir.
Ayni shu maqsadlarda Xalq banki tomonidan 100 ga yaqin “Bank xizmatlari markazlari” ochildi. “24/7” rejimida ishlovchi 132 ta bankomat shoxobchasi ishga tushirildi.
Ushbu shoxobchalar bank bilan bog‘liq ko‘plab ishlaringizni bank filialiga bormasdan bajarish imkoniyatini beradi. Misol uchun, shu yerning o‘zida xalqaro pul o‘tkazmalari, kommunal va boshqa bir qator to‘lovlarni amalga oshirish, plastikdagi pulingizni naqdlashtirish yoki naqdini plastik kartaga kirim qilish, valyuta ayirboshlash kabi qator yumushlaringizni bitirib ketaverasiz.
Shularni inobatga olgan holda Xalq banki yangi foydalanishga topshirilayotgan bankomat shoxobchalariga zamonaviy va barcha talablarga javob beradigan bankomatlarni o‘rnatmoqda.
Maqsad bitta — odamlarga yanada yaqin bo‘lish va ularning mushkulini oson qilish.
Bank Axborot xizmati
24.04.2026
Qashqadaryo: ANORBANK 150 nafar maktab o‘quvchilari uchun moliyaviy savodxonlik darslarini o‘tkazdi
23.04.2026
Tashkent City’da Asterium kriptoekotizimining flagman ofisi ochildi. U xavfsizlik, shaffoflik va premial foydalanuvchi tajribasiga urg‘u berilgan yangi makondir.
23.04.2026
Biznes — bu to'g'ri qarorlar va ishonchli hamkorlik
Bankomat shoxobchalari 132 taga ko‘paydi