Bankomat va infokiosklar – mijozlarga qulaylik yaratish uchun!

13.02.2018

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 15 fevraldagi “Pul muomalasini yanada takomillashtirish va bank plastik kartochkalaridan foydalangan holda hisob-kitoblarni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qaroriga asosan ATB “Qishloqqurilishbank” tomonidan aholining turmush farovonligini ta’minlash, ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish, plastik kartochkalardan foydalanishda mijozlarga qulaylik yaratish maqsadida zarur chora-tadbirlar ko‘rilmoqda. Xususan, 2017 yil davomida 10 dona qo‘shimcha bankomatlar sotib olinib, bankning mintaqaviy filiallarida ishga tushirildi.

Слайд1.JPG

Shuningdek, respublika bo‘ylab bankning infokiosklari tarmog‘i kengayib bormoqda. Bankning infokiosklari soni 2015 yilda 26 tani tashkil etgan bo‘lsa, 2016 yilda 125 ta va 2017 yilda 30 ta qo‘shimcha infokiosklar xarid qilindi. Ayni vaqtda bank tizimida 180 dona infokiosk aholiga xizmat ko‘rsatmoqda. Infokiosklar bank filiallari, savdo va xizmat ko‘rsatish ob’ektlari, kommunal tashkilotlar, ta’lim va tibbiyot muassasalari hamda boshqa aholi gavjum joylarga o‘rnatilgan.

1111.jpg

Bundan tashqari, Toshkent shahar mintaqaviy filiali tomonidan poytaxtdagi Mirobod bozori xududida va bankning markaziy idorasi binosida bankomat joylashtirilgan. Shu kunlarda bankning Samarqand va Buxoro mintaqaviy filiallari binolariga bankomatlar joylashtirish bo‘yicha ish olib borilmoqda. Bu kabi chora-tadbirlarning barchasi aholiga va mijozlarga zamonaviy xizmatlar ko‘rsatishni ta’minlash, fuqarolarning tijorat banklariga bo‘lgan ishonchini oshirish maqsadida amalga oshirilmoqda.

22222222.jpg

“Qishloq qurilish bank” bankomatlarida bir vaqtning o‘zida ham naqd pul mablag‘larini yechish, ham plastik kartochkalar bilan amallar bajarish imkoniyati yo‘lga qo‘yilgan.

bankomat xizmat.jpg

“Qishloqqurilishbank” – farovon hayotingiz xizmatida!


Qo‘shimcha ma’lumot uchun:

(+99871) 150-39-93, 150-76-47, www.qqb.uz



Bank axborot xizmati

Xizmatlar litsenziyalangan.

Reklama huquqi asosida.


BRB
O'xshash yangiliklar
Central Asian Fintech Association (CAFA) Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan menejerlar va IT yetakchilari uchun eng muhim tadbirlardan biri — Manager’s Conference 2026 tadbirining hamkori va ishtirokchisi sifatida qatnashadi

13.05.2026

Central Asian Fintech Association (CAFA) Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan menejerlar va IT yetakchilari uchun eng muhim tadbirlardan biri — Manager’s Conference 2026 tadbirining hamkori va ishtirokchisi sifatida qatnashadi

Janubiy Koreyadan pul o‘tkazmalari yanada qulaylashdi: Octobank HUMO kartalariga E9PAY uladi

05.05.2026

Janubiy Koreyadan pul o‘tkazmalari yanada qulaylashdi: Octobank HUMO kartalariga E9PAY uladi

Qashqadaryo: ANORBANK 150 nafar maktab o‘quvchilari uchun moliyaviy savodxonlik darslarini o‘tkazdi

24.04.2026

Qashqadaryo: ANORBANK 150 nafar maktab o‘quvchilari uchun moliyaviy savodxonlik darslarini o‘tkazdi



Orphus tizimi