JET: 2025-yilda pulni qayerga tikish afzal – ko‘chmas mulkgami yoki bank omonatigami? Batafsil

Bazaviy inflyatsiya nima?

03.07.2020

Bazaviy inflyatsiya nima?

Bazaviy inflyatsiya – bu inflyatsiyaning bir qismi bo‘lgan va o‘zida ma'muriy hamda mavsumiy omillarning narxlardagi ta'sirini hisobga olmagan holda tovar va xizmatlar narxlarining erkin o‘zgarishini (dinamikasini) aks ettiruvchi ko‘rsatkichdir. Ushbu ko‘rsatkich mamlakatdagi inflyatsiya darajasini ma'lum bir davr uchun yaqqolroq ifoda etadi. Chunki bazaviy inflyatsiya iste'mol savatidagi:

  • mavsumiy;
  • qisqa muddatlarda narx-navosi tez-tez o‘zgarib turuvchi;
  • narx-navosi davlat tomonidan tartibga solinadigan ayrim tovar va xizmatlarning narxlarini inobatga olmaydi.

Masalan, meva-sabzavot tovarlari, suv, gaz, elektr-energiya kabi tovar va xizmat turlari.

Ko‘p hollarda, bazaviy inflyatsiya deganda davlat tomonidan tartibga solinadigan narxlar va iqtisodiyotdagi ma'muriy choralarning ta'siridan holi, to‘g‘rilangan iste'mol narxlari indeksi (INI) tushuniladi.

Quyidagi diagramma orqali inflyatsiya va uning tarkibini soddaroq ko‘rinishda tushuntirib o‘tamiz:

5Bozor iqtisodiyotida tovar va xizmatlar narxi talab va taklifdan kelib chiqib shakllanadi. Ammo shunday tovar va xizmat turlari mavjudki, ularning narxlari davlat tomonidan o‘rnatiladi va tartibga solinadi. Iste'mol savatidagi ayrim tovar va xizmatlar narxlari tartibga solinishi to‘g‘ridan-to‘g‘ri umumiy inflyatsiya darajasiga ta'sir etgani uchun bunday tovar va xizmatlar narxlaridagi o‘zgarishlar bazaviy inflyatsiyani hisoblashda qo‘llanilmaydi. Shu bilan, bazaviy inflyatsiyani hisoblash maqsadida iste'mol narxlari indeksiga tuzatishlar kiritiladi.

Iste'mol narxlari indeksi – bu, biz muntazam sotib oladigan iste'mol savatidagi ma'lum bir tovar va xizmatlar narxining ma'lum davrga nisbatan o‘zgarishini ko‘rsatadi. U foizda o‘lchanadi. Markaziy bank ushbu yondashuv orqali narxlar o‘zgarishini (dinamikasini) inflyatsiyaga ta'sirini kuzatib boradi.

Nega ba'zi tovar va xizmatlar bazaviy inflyatsiyaga kiritilmaydi?

Yuqorida ta'kidlanganidek, narx-navosi tartibga solinadigan, qisqa muddatlarda o‘zgaruvchan hamda mavsumiy tovar va xizmat narxlaridagi o‘zgarishlar bazaviy inflyatsiyani hisoblashda inobatga olinmaydi. Bunday tovar va xizmatlarning bazaviy inflyatsiyaga kiritilishi, yaqqol (sof) inflyatsiya darajasiga mutanosib ravishda aks etmasligi, shuningdek, pul-kredit siyosati borasida olib borilgan choralarning ta'sirchanligini baholashga imkon yaratmasligi mumkin.

Aynan bu tovar va xizmatlarni bazaviy inflyatsiyadan chiqarib tashlash, narxlari shok ta'sirida o‘zgaruvchi tovar va xizmatlarning dinamikasiga chalg‘imasdan pul-kredit siyosati choralarini umumiy narxlarga ta'sirini ajratib olishda qo‘l keladi.

Bazaviy inflyatsiyani hisoblashda bu kabi tovar va xizmatlar narxlaridagi o‘zgarishlarning kiritilmasligiga asosiy sabablar quyidagilar hisoblanadi:

  • tovar va xizmatlarning (uzum, shakar va shu kabilar) mavsum davomida narxi keskin o‘zgarishi;
  • tovar va xizmatlarning (masalan, import tovarlari) narx-navosi qisqa muddatlarda tez-tez o‘zgarib turishi iqtisodiyotda shok ta'sirga egaligi;
  • davlat tomonidan narx-navosi o‘rnatiladigan va tartibga solinadigan ayrim tovar va xizmatlar (masalan, bug‘doy, paxta yog‘i)ning inflyatsiya darajasiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta'sir ko‘rsatishi.
Manba: finlit.uz
O'xshash yangiliklar
Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi

30.05.2025

Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi

Toshkentda “Digital Uzbekistan” xalqaro PLUS-forumi bo‘lib o‘tadi

26.05.2025

Toshkentda “Digital Uzbekistan” xalqaro PLUS-forumi bo‘lib o‘tadi

Paynet xalqaro strateglardan iborat kuzatuv kengashini shakllantirganini rasman e’lon qildi.

07.05.2025

Paynet xalqaro strateglardan iborat kuzatuv kengashini shakllantirganini rasman e’lon qildi.



Orphus tizimi