Hurmatli mijozlar,
Ushbu bilan sizga shuni ma’lum qilamizki O’zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlikda COVID-19 pandemiyasi sababli tadbirkorlik faoliyatida yuzaga kelgan salbiy oqibatlarni yumshatish maqsadida “Biznes-klinika” loyihasini joriy etgan.
Loyihaning maqsadi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subektlariga tadbirkorlik faoliyati bilan bog’liq maslahatlarni berish, shuningdek davlatimiz rahbarining farmonlarida nazarda tutuilgan qo’llab-quvvatlash choralari haqida to’liq va ishonchli ma’lumot etkazishdan iborat.
Loyiha doirasida Palata tomonidan 1094 qisqa raqami yagona aloqa markazi orqali tadbirkorlar karantin va undan keyingi davrda davlatimiz rahbari tomonidan qabul qilinayotgan qarorlarda berilgan imtiyoz va qo’llab-quvvatlash mexanizmlaridan to’liq foydalanishlari maqsadida bepul yuridik va biznes maslahatlar berib kelinmoqda.
Qolaversa, tadbirkorlar bilan doimiy aloqada bo’lish va ularni tadbirkorlik yo’nalishlari yangiliklaridan habardor qilib borish maqsadida aloqa markazidan tashqari //t.me/biznes_klinika telegram kanali hamda www.businessinfo.uz veb-sayti ishga tushirilgan.
Yuqorida ko’rsatilgan manbaalardan zaruriy ma’lumotlarni oling va biznesingizni rivojlantiring.
13.05.2026
Central Asian Fintech Association (CAFA) Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan menejerlar va IT yetakchilari uchun eng muhim tadbirlardan biri — Manager’s Conference 2026 tadbirining hamkori va ishtirokchisi sifatida qatnashadi
05.05.2026
Janubiy Koreyadan pul o‘tkazmalari yanada qulaylashdi: Octobank HUMO kartalariga E9PAY uladi
24.04.2026
Qashqadaryo: ANORBANK 150 nafar maktab o‘quvchilari uchun moliyaviy savodxonlik darslarini o‘tkazdi
Biznes-klinika