JET: Qaysi banklar eng yuqori foizli valyuta omonatlarni taklif qilmoqda? Batafsil

Biznes onlayn to‘lovlarni Octobank internet-ekvayeringi yordamida qanday qabul qilishi mumkin

23.07.2025

Octobank internet-ekvayeringi bilan sayt yoki ilovada Humo, Uzcard, Visa va Mastercard kartalaridan to‘lovlarni qabul qilish mumkin. Har qanday onlayn loyihalar uchun mos keladi. Bu qanday ishlashini aytib o’tamiz.

Internet-ekvayering – bu nima

Internet-ekvayering — bu to‘lovni onlayn qabul qilish usuli. Mijoz sizning saytingiz yoki ilovangizda mahsulot yoki xizmat uchun to‘lovni amalga oshiradi — bank kartasi ma’lumotlarini kiritadi. To‘lov tasdiqlangandan so‘ng, pul hisob raqamingizga tushadi. Bu internet-do‘konlar, ta’lim platformalari va boshqa onlayn xizmatlar uchun qulay. 


Octobank biznesga qanday yechimlarni taklif etadi


  • Oson integratsiya. Bir necha qadam bilan to‘ldirish oson bo‘lgan qulay sayt shakli. Aloxida yaratilgan saytlar uchun hujjatlar va CMS saytlari uchun tayyor yechimlar.

  • Pulni qaytarishlar va mablag‘ni vaqtincha bloklash. Agar mahsulot xaridorga ma’qul kelmasa, unga pulni to‘liq yoki qisman qaytarishingiz mumkin, shuningdek, agar mijoz mahsulot uchun pulni qaytarmoqchi bo‘lsa, vositachilik haqini tejashga yordam beramiz.

  • Obuna to‘lovlari. Obuna modeliga ega biznes uchun mos keladi — muntazam to‘lovlarni sozlash mumkin: bitta to‘lov mijoz ishtirokida, keyingilari — avtomatik tarzda amalga oshiriladi.

  • Batafsil tahlil: sotuvlar tahlili uchun tranzaksiyalar statistikasi.

  • PCI DSS sertifikati: mijozlarni himoya qilish uchun xalqaro xavfsizlik standartlari.

 

Octobank internet-ekvayering xizmatini ulang


Siz to‘lovni 24 soatdan mobaynida qabul qilishingiz mumkin. Besh bank kuni ichida hisob raqamiga pul tushirish. To‘lovlarni istalgan bankning HUMO, Uzcard, Visa va Mastercard kartalaridan qabul qilish mumkin. Ulanish uchun saytda ariza qoldiring. Tariflar havola orqali mavjud.

Ekvayering Sabinaga internetda savdo qilishda qanday yordam berdi

Sabina bolalar kiyimlarini tikadi va ilgari faqat Instagram orqali sotardi. Ammo sayt ishga tushirilgandan so‘ng, u bevosita to‘lovni qabul qilishning ishonchli usuliga muhtoj edi. U Octobankdan internet-ekvayeringni uladi va birinchi haftadayoq kartalar bilan to‘lov buyurtmalarini ola boshladi. To‘lovlar darhol keladi, u o‘tkazmalarni qo‘lda tekshirishi shart emas. 


Sabina nimaga ega bo’ldi


  • 24/7 to‘lovlarni qabul qilishning qulay usuli;

  • To‘lovlarni avtomatik qayta ishlash;

  • Shaxsiy kabinetda oddiy hisobotlar;

  • Xaridorlarning ko‘proq ishonchiga.


Octobank — O‘zbekistondagi eng yaxshi ekvayer - banklardan biri


Bizga nafaqat kichik biznes, balki mamlakatning eng yirik kompaniyalari ham ishonch bildiradi— ularning xizmatidan millionlab o‘zbekistonliklar foydalanadi:

  • UzAirways aviakompaniyasi.

  • Korzinka GO oziq-ovqat yetkazib berish xizmati.

  • Yandex Eats oziq-ovqat yetkazib berish va Yandex Go taksi buyurtma qilish xizmatlari.


Bundan tashqari, biz quyidagi mukofotlarga ega bo’ldik: 

  •    Visa versiyasi bo‘yicha 2024 yilning O‘zbekistondagi eng yaxshi bank-ekvayer bo‘ldik.

  •    "2024 yilda O‘zbekistonda elektron tijorat bo‘yicha yetakchi ekvayer-bank " mukofotiga sazovor bo‘ldik. Mukofoti tashabbuskorlari —O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi hamda O‘zbekiston Marketing uyushmasi.

Octobank

“Octobank” aksiyadorlik jamiyati 2001 yil iyun oyida asos solingan. 2001 yil 23 iyunida Bank tomonidan bank operatsiyalarini amalga oshirish huquqini beruvchi 70-sonli litsenziya olingan. 2002 yil noyabridan Bank Fuqarolarning O'zbekiston Respublikasi banklaridagi omonatlarini kafolatlash Fondi, “Toshkent” fond birjasi, hamda O'zbekiston Respublikasi Banklar assotsiatsiyasi a'zosi hisoblanadi.


Hozirgi paytda Bank asosiy e'tiborni quyidagilarga qaratmoqda:


  • Mijozlarga xizmat ko'rsatishda bir xil yondashuvga amal qilish;
  • Xizmat ko'rsatish texnologiyalarini zamonaviylashtirib borish;
  • Xizmat ko'rsatish sifatini oshirib borish;
  • Har bir mijozga alohida yondoshgan holda standart texnologiyalarni tadbiq etib borish;
  • Shaxsiy menedjerlar xizmatlarini tashkil etish;
  • Mijoz bilan Bank bo'linmalari o'rtasida munosabatlarning samaradorligini oshirib borish;
  • O'zgaruvchan tarif siyosatini olib borish, mijozlar bilan hamkorlik munosabatlarini mustaxkamlash.

Bankning yaqin 5 yilga mo'ljallangan strategik rivojlanish dasturining ustivor yo'nalishlaridan biri filiallar va mini-banklar ochish orqali bank infratuzilmasini kengaytirishdan iborat.

Bank infrotuzilmasini kengaytirish dasturining amalga oshirilishi Bank faoliyati ko'lamining barqaror o'sib borishini ta'minlaydi. Bunda Bank asosiy e'tiborni kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlarini moliyalashtirishga qaratadi.



O'xshash yangiliklar
Firibgarlarning qo‘ng‘iroqlari va xabarlarini qanday aniqlash mumkin: Octobank yo‘riqnomasi

29.07.2025

Firibgarlarning qo‘ng‘iroqlari va xabarlarini qanday aniqlash mumkin: Octobank yo‘riqnomasi

HUMO mamlakatda SUNMI to‘lov terminallarining eksklyuziv yetkazib beruvchisi deb tayinlandi

25.07.2025

HUMO mamlakatda SUNMI to‘lov terminallarining eksklyuziv yetkazib beruvchisi deb tayinlandi

Depozitni yo'qotmaslik: treyder uchun risk-menejmentning asosiy qoidalari

24.07.2025

Depozitni yo'qotmaslik: treyder uchun risk-menejmentning asosiy qoidalari



Orphus tizimi