Do'stlar, Sizlar bilan ajoyib yangilikni o'rtoqlashishga shoshilmoqdamiz!
"Asaka" bank xodimi Sabirov Alimardon Qozog'istonda bo'lib o'tgan "Shymkent Marathon 2019" Xalqaro marafonida ishtirok etib, marafonning eng uzun masofasini — 42 km. 3 soatu 20minutda yugurib o'tdi
Bunday keng ko'lamli poygada uch mingdan ziyod:
-Buyuk Britaniya;
-Vengriya;
-Тurkiya;
-Rossiya;
-O'zbekiston;
-Qozog'iston davlatlaridan sportchilar ishtirok etdi.
Alimardon 20 yildan buyon yengil atletika bilan shug'ullanib keladi va:
-yengil atletika bo'yicha O'zbekiston chempioni;
-Polshada yengil atletika bo'yicha jahon chempionatida ishtirok etgan;
-Respublikamizda va chet eldagi marafonlarda ishtiroki uchun 35 dan ortiq medal va mukofotlari mavjud.
"Asaka" bank jamoasi Alimardon bilan faxrlanadi va unga barcha marafonlarda yangi g'alabalar va munosib mukofotlarni tilaydi!
Sizning bankingizda ham bunday Chempionlar bormi?
11.03.2026
5 million Uzum kartasi: mamlakatdagi eng talabgir bank mahsulotlaridan biri
04.03.2026
CAFA va Sun’iy intellekt va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish markazi hamkorlik Memorandumini imzoladi
26.02.2026
Uzum Bank mamlakat bo‘ylab bankomatlar tarmog‘ini kengaytirmoqda
Bizning Chempion!