Temur ilm-fan, madaniyat va ma'rifatni rivojlantirishga beqiyos hissa qo'shgan yengilmas qo'mondon va uzoqni ko'ra oladigan hukmdor edi. Amir Temur yagona davlat bayrog'i ostida tarqoq hududlarni birlashtirdi, mamlakat iqtisodiyotini barqarorlashtirdi, savdo va hunarmandchilikni rivojlantirdi, uning boshchiligida uzoq va yaqin qo'shnilar bilan savdo-iqtisodiy munosabatlar kengaydi.
Tarix zarvaraqlarida Temur nomi Aleksandr Makedonskiy, Dariy I, Yuliy Sezar kabi yirik qo'mondonlar bilan bir qatorda e'tirof etadi. Buyuk bobokalonimizning xotirasi hamisha qalblarimizda, hurmat qilamiz va faxrlanamiz.
Mamlakatimizda Amir Temur xotirasiga hurmat bajo aylab uning haykallari o‘rnatildi, Temuriylar tarixi davlat muzeyi ochildi, uning nomi bilan ko'plab ko'chalar, bog'lar va boshqa geografik ob'ektlar ataldi, "Amir Temur" ordeni davlat mukofoti joriy etildi, turli tillarda 1900 dan ortiq asarlar nashr qilindi. Bularning barchasi ajdodlarimizning bebaho merosiga hurmat va ehtirom bilan munosabatda bo'lishimizning yorqin na'munasidir.
05.05.2026
Janubiy Koreyadan pul o‘tkazmalari yanada qulaylashdi: Octobank HUMO kartalariga E9PAY uladi
24.04.2026
Qashqadaryo: ANORBANK 150 nafar maktab o‘quvchilari uchun moliyaviy savodxonlik darslarini o‘tkazdi
23.04.2026
Tashkent City’da Asterium kriptoekotizimining flagman ofisi ochildi. U xavfsizlik, shaffoflik va premial foydalanuvchi tajribasiga urg‘u berilgan yangi makondir.
Bugun buyuk sarkarda va davlat arbobi Amir Temur tavallud topgan kun!