Aksiyadorlik tijorat banki “Qishloq qurilish bank” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 28 noyabrdagi “Ipoteka krediti mexanizmlarini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosida faol ishtirok etmoqda. Xususan, bank hududlarda ko‘p qavatli uy-joylarning qurilish ishlarini moliyalashtirib kelmoqda.
Bugungi kunga qadar bank tomonidan ko‘p qavatli uy-joylarning qurilish ishlarini moliyalashtirish uchun pudratchilarga 440,7 mlrd.so‘m miqdorida kredit mablag‘lari ajratildi. E’tiborlisi, mazkur mablag‘lar evaziga 61 ta ko‘p qavatli uylar qurildi va ayrim ob’ektlarda qurilish ishlari davom ettirilmoqda. Hududlarda qurilish ishlari davom etayotgan 20 ta ko‘p qavatli uy-joylar bo‘yicha ajratilgan kreditlar qoldig‘i 186,9 mlrd. so‘mni tashkil etmoqda.
Eng muhimi, yangi turar-joylarning barpo etilishi aholining, xususan, yosh oilalarning uy-joylarga bo‘lgan ehtiyojini ta’minlashga hissa bo‘lib qo‘shilmoqda. Ayni paytga kelib “Qishloq qurilish bank” tomonidan 1 708 ta fuqaroga jami 272,1 mlrd. so‘m miqdorida ipoteka kreditlari ajratib berildi. Shuningdek, 880 ta yosh oilaga 89,1 mlrd. so‘m miqdorida ipoteka kreditlari berildi. Qurilib bitkazilgan ko‘p qavatli uy-joylar bo‘yicha joriy yil yakuniga qadar 432 ta xonadon uchun 147,2 mlrd. so‘m miqdorida ipoteka kreditlari ajratish kutilmoqda.
Davlat rahbari tomonidan 2020 yil 1 mayda imzolangan yana bir muhim hujjat – “Aholining uy-joy sharoitini yaxshilash hamda ipoteka krediti bozorini yanada kengaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan vazifalar ijrosiga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Xususan, shahar va qishloq joylarida yangi tartib doirasida ko‘p qavatli uy-joylar qurilishida ishtirok etayotgan xususiy pudrat tashkilotlariga Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasining kafilligi va kreditlar bo‘yicha foiz stavkasining bir qismini qoplash uchun kompensatsiya to‘lab berilmoqda.
Ko‘rilayotgan choralardan ko‘zda tutilgan asosiy maqsad yurtdoshlarimizning o‘z uy-joyiga ega bo‘lishdek ezgu orzu-maqsadlarini qo‘llab-quvvatlash, yurtimizda inson manfaatlari yo‘lida amalga oshirilayotgan islohotlar rivojiga munosib hissa qo‘shish hamda mijozlarni sifatli bank xizmatlari bilan ta’minlashdan iborat.
14.11.2024
Push30 sizga yangi yilni yorqin taassurotlar bilan boshlash imkoniyatini tuhfa qiladi!
07.11.2024
Ozon Oʻzbekistondagi faoliyatini kengaytirmoqda. Bu esa shuni anglatadiki, hech narsa sotmaydigan va ishlab chiqarmaydigan odamlar ham oʻz muvaffaqiyatli biznesini boshlashi mumkin.
30.10.2024
Uzum Bank O‘zbekiston Respublikasining barcha fuqarolari uchun Visa kartalarini rasmiylashtirishni boshladi
Bunyodkorlik uchun sarmoyalar