Buxoro viloyatida “Bank xizmatlari markazi” ochildi

12.08.2020
12.08.2020        Mikrokreditbank o`z mijozlariga samarali hamda keng ko`lamli xizmat ko`rsatish, shuningdek, mijozlar safini yanada kengaytirish maqsadida navbatdagi “Bank xizmatlari markazi”ni Buxoro viloyati, G'ijduvon tumanida ishga tushirdi.          Ushbu markazda mijozlarga mutaxassislar maslahatini olish, hisob raqam ochish va krеdit olish uchun ariza bеrish, onlayn omonatlarni rasmiylashtirish, barcha turdagi to‘lovlar hamda xalqaro pul o‘tkazmalarini amalga oshirish imkoniyati yaratilgan.        E’tiborli jihati shundaki, mazkur hududda shu vaqtga qadar kiyim-kechak doʼkonlari, choyxana, goʼzallik salonlari, ko`p qavatli uylar, maktab, bolalar bog`chasi kabi ko`plab tashkilotlar faoliyat yuritayotgan bo`lib, bank xizmatlariga  ehtiyoj katta edi. Mazkur masalani hisobga olgan holda Mikrokreditbank aholiga qulay joyda o`z markazini ochdi.       Аyni paytda “Mikrokreditbank” tomonidan bank faoliyatini moliyaviy sogʼlomlashtirish, operatsion xarajatlarni optimallashtirish hisobiga xizmat koʼrsatish geografiyasini kengaytirish maqsadida 60 ta ixcham va kam xarajat talab qiluvchi “Bank xizmatlari markazlari” faoliyati yoʼlga qoʼyildi. Ushbu amaliyotlarni kelgusida ham davom ettirib, joriy yil yakuniga qadar jami 90 ta zamonaviy markazlar ishga tushirilishi rejalashtirilgan. Bank axborot xizmati
MKBank “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 5-maydagi “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat bankini tashkil etish toʼgʼrisida”gi PF-3750-sonli Farmoni asosida tashkil etildi.Bank xalqaro moliyaviy institutlar hamda chet el tijorat banklari bilan hamkorlik aloqalarini oʼrnatgan.
O'xshash yangiliklar
Central Asian Fintech Association (CAFA) Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan menejerlar va IT yetakchilari uchun eng muhim tadbirlardan biri — Manager’s Conference 2026 tadbirining hamkori va ishtirokchisi sifatida qatnashadi

13.05.2026

Janubiy Koreyadan pul o‘tkazmalari yanada qulaylashdi: Octobank HUMO kartalariga E9PAY uladi

05.05.2026

Janubiy Koreyadan pul o‘tkazmalari yanada qulaylashdi: Octobank HUMO kartalariga E9PAY uladi

Qashqadaryo: ANORBANK 150 nafar maktab o‘quvchilari uchun moliyaviy savodxonlik darslarini o‘tkazdi

24.04.2026

Qashqadaryo: ANORBANK 150 nafar maktab o‘quvchilari uchun moliyaviy savodxonlik darslarini o‘tkazdi

Orphus tizimi