Central Asian Fintech Association (CAFA) Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan menejerlar va IT yetakchilari uchun eng muhim tadbirlardan biri — Manager’s Conference 2026 tadbirining hamkori va ishtirokchisi sifatida qatnashadi

13.05.2026
Mamlakatning 500 dan ortiq kuchli mutaxassislarini bitta joyda yig‘adigan tadbir — Manager’s Conference 2026’ga ro‘yxatdan o‘tish boshlandi.

16-may kuni biznes, mahsulot va jamoalarni boshqaradigan insonlarning asosiy uchrashuvlaridan biri — Manager’s Conference 2026 bo‘lib o‘tadi. Bu yil ishtirok etish mutlaqo bepul.

Ya’ni bir maydonda 500 dan ortiq menejerlar, tadbirkorlar, prodakt-lidlar va startap asoschilari — O‘zbekistonda sohalar kelajagini shakllantirayotgan insonlar to‘planadi.

Konferensiyada kompaniyalar o‘sishiga haqiqatan ta’sir qiladigan mavzularni muhokama qilamiz:
– biznes va jamoalarni kengaytirish
– sun’iy intellekt va bulutli texnologiyalarni qo‘llash
– zamonaviy boshqaruv yondashuvlari
– noaniq sharoitda qaror qabul qilish

Bu tadbirda nazariya haqida emas, balki hozirgi vaqtda mahsulotlar ishlab chiqayotgan va kompaniyalarni ishga tushirayotgan insonlarning hayotiy tajribasi haqida suhbatlashamiz.

Joylar soni cheklangan. Agar siz ham 500 dan ortiq kuchli mutaxassislar hamjamiyatiga qo‘shilishni istasangiz, oldindan ro‘yxatdan o‘tganingiz yaxshi.

Dastur, jadval va ro‘yxatdan o‘tish https://pmconf.uz/ saytida.
Rasmiy
telegram kanal: @managersconf
O'xshash yangiliklar
Toshkentda oltinchi bor «Digital Uzbekistan» xalqaro PLUS-Forumi bo‘lib o‘tadi
Toshkentda oltinchi bor «Digital Uzbekistan» xalqaro PLUS-Forumi bo‘lib o‘tadi

Janubiy Koreyadan pul o‘tkazmalari yanada qulaylashdi: Octobank HUMO kartalariga E9PAY uladi

05.05.2026

Janubiy Koreyadan pul o‘tkazmalari yanada qulaylashdi: Octobank HUMO kartalariga E9PAY uladi

Qashqadaryo: ANORBANK 150 nafar maktab o‘quvchilari uchun moliyaviy savodxonlik darslarini o‘tkazdi

24.04.2026

Qashqadaryo: ANORBANK 150 nafar maktab o‘quvchilari uchun moliyaviy savodxonlik darslarini o‘tkazdi



Orphus tizimi