Chet el kapitali ishtirokidagi "Hamkorbank" ATB aksiyadorlarning navbatdan tashkari yig‘ilishi o‘tkazilishini ma’lum qiladi

25.12.2020
Andijon sh., Bobur shox ko‘chasi, 85-uy manzili bo‘yicha joylashgan (elektron pochta manzili: muloqot@hamkorbank.uz, veb-sayt: www.hamkorbank.uz) Chet el kapitali ishtirokidagi "Hamkorbank" aksiyadorlik tijorat banki 2021 yil 15 yanvar kuni soat 16: 00 da Andijon shaxar, Bobur shox ko‘chasi, 85-uyda joylashgan "Hamkorbank" Bosh ofisi binosida aksiyadorlarning navbatdan tashqari yig‘ilishini o‘tkazadi.

Aksiyadorlarni ro‘yxatga olish soat 15:00 da boshlanadi.

Aksiyadorlarning navbatdan tashkari umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishini ma’lum qilish uchun Aksiyadorlar reyestri shakllantiriladigan sana: 2020 yil 23 dekabr.

Aksiyadorlar yillik umumiy yig‘ilishida ishtirok etish xuquqiga ega bo‘lgan Aksiyadorlar reyestri shakllantiriladigan sana: 2021 yil 11 yanvar.

Yig‘ilish kun tartibiga kiritilgan masalalar:

  1. Yangi tahrirdagi bank Ustavini tasdiqlash
  2. Bank Kengashining yangi tarkibini saylash

Aksiyador - yuridik shaxs aksiyadorlarning yillik umumiy hisobot yig‘ilishida ishtirok etishni boshqa shaxsga ishonish huquqiga ega. Bunda aktsiyador vakili ro‘yxatdan o‘tish vaqtida o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnomani taqdim etishi shart.

Aksiyador - jismoniy shaxs pasport yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjatga, uning vakili esa notarial tasdiqlangan ishonchnomaga ega bo‘lishi shart.

"Hamkorbank" ATB aksiyadorlarning yillik umumiy hisobot yig‘ilishini o‘tkazishga tayyorlangan axborot materillar bilan bankning Bosh offisida tanishish mumkin.Telefon nomer (78) 298-04-33.


"Hamkorbank" ATB Kengashi


Hamkorbank Chet el kapitali ishtirokidagi "Hamkorbank" aksiyadorlik tijorat banki O‘zbekiston Respublikasi bank xizmatlari bozorida 1991 yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. Bank 28 yil ichida Respublikaning barcha ma’muriy mintaqalarini qamrab olgan keng tarqalgan filiallar tarmogʻini shakllantirdi.
Manba: Hamkorbank
O'xshash yangiliklar
Central Asian Fintech Association (CAFA) Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan menejerlar va IT yetakchilari uchun eng muhim tadbirlardan biri — Manager’s Conference 2026 tadbirining hamkori va ishtirokchisi sifatida qatnashadi

13.05.2026

Central Asian Fintech Association (CAFA) Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan menejerlar va IT yetakchilari uchun eng muhim tadbirlardan biri — Manager’s Conference 2026 tadbirining hamkori va ishtirokchisi sifatida qatnashadi

Janubiy Koreyadan pul o‘tkazmalari yanada qulaylashdi: Octobank HUMO kartalariga E9PAY uladi

05.05.2026

Janubiy Koreyadan pul o‘tkazmalari yanada qulaylashdi: Octobank HUMO kartalariga E9PAY uladi

Qashqadaryo: ANORBANK 150 nafar maktab o‘quvchilari uchun moliyaviy savodxonlik darslarini o‘tkazdi

24.04.2026

Qashqadaryo: ANORBANK 150 nafar maktab o‘quvchilari uchun moliyaviy savodxonlik darslarini o‘tkazdi



Orphus tizimi