Chimboyda “Mikrokreditbank” filiali ochildi

05.12.2011
5.12.2011     Qoraqalpog‘iston Respublikasining Chimboy tumanida “Mikrokreditbank”ning filiali ochildi.     Prezidentimiz Islom Karimovning 2006 yil 5 mayda qabul qilingan “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat bankini tashkil etish to‘g‘risida”gi farmoni asosida ish boshlagan mazkur moliya muassasasi xizmat ko‘rsatish ko‘lamini tobora kengaytirmoqda.     “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat bankining Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi 5 filial va 31 minibanki 10 mingdan ziyod mijozga zamonaviy bank xizmatlari ko‘rsatmoqda.     Bu boradagi sifatini yana yuksaltirish va aholiga qulay sharoit yaratish maqsadida bankning filiallar tarmog‘ini kengaytirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Xususan, 2010 yilning dekabrida Kegeyli tumanida “Qizil uy” minibanki, 2011 yilning bahorida Taxiatosh shahrida “Taxiatosh” minibanki tashkil etilgandi.     Mamlakatimiz Konstitutsiyasining 19 yilligi oldidan Qoraqalpog‘iston Respublikasining Chimboy tumanida ochilgan bank filiali Chimboy, Qorao‘zak, Kegeyli, Taxtako‘pir tumanlaridagi aholi va xo‘jalik yurituvchi tadbirkorlik subyektlariga mikromoliyaviy xizmatlar bilan birgalikda barcha turdagi zamonaviy bank xizmatlarini ko‘rsatadi.   O‘zA, O'zbekiston Milliy axborot agentligi
MKBank “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 5-maydagi “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat bankini tashkil etish toʼgʼrisida”gi PF-3750-sonli Farmoni asosida tashkil etildi.Bank xalqaro moliyaviy institutlar hamda chet el tijorat banklari bilan hamkorlik aloqalarini oʼrnatgan.
O'xshash yangiliklar
CAFA va Sun’iy intellekt va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish markazi hamkorlik Memorandumini imzoladi

04.03.2026

CAFA va Sun’iy intellekt va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish markazi hamkorlik Memorandumini imzoladi

Uzum Bank mamlakat bo‘ylab bankomatlar tarmog‘ini kengaytirmoqda

26.02.2026

Uzum Bank mamlakat bo‘ylab bankomatlar tarmog‘ini kengaytirmoqda

TBC Bank Group Nyu-YorkdStrategiya kunini o‘tkazdi va O‘zbekistonda biznesni rivojlantirish rejalarini taqdim etdi

25.02.2026

TBC Bank Group Nyu-YorkdStrategiya kunini o‘tkazdi va O‘zbekistonda biznesni rivojlantirish rejalarini taqdim etdi



Orphus tizimi