JET: Qaysi banklar eng yuqori foizli va to'ldiriladigan omonatlarni taklif qilmoqda? Batafsil

“Chirchiq” bank xizmatlari markazi ishga tushdi

19.01.2021
19.01.2021  Аyni paytda Mikrokreditbank tomonidan bank faoliyatini moliyaviy sogʼlomlashtirish, operatsion xarajatlarni optimallashtirish hisobiga xizmat koʼrsatish geografiyasini kengaytirish maqsadida ixcham va kam xarajat talab qiluvchi “Bank xizmatlari markazlari” faoliyati yoʼlga qoʼymoqda. Buni birgina Toshkent viloyat misolida qaraydigan boʼlsak oʼtgan yil davomida viloyatda 4 ta bank xizmatlari markazlari ochilgan boʼlsa, 2021 yil davomida yana 6 ta bank xizmatlari markazlari ochish rejalashtirgan.  Bank 2020 yil davomida kichik biznes subʼektlariga jami 905 ta mijozga 398,4 mlrd.soʼm; Shundan xizmat koʼrsatish soxasini rivojlantirish uchun 157,1 mlrd.soʼm, qishloq xoʼjaligi rivojlantirishga 56,8 mlrd.sum, sanoatni rivojlantirish uchun 64,1 mlrd.sum kredit mablagʼlari ajratil boʼlsa, 4500 dan ortiq jismoniy shaxslar uchun jami 84,8 mlrd.soʼm kredit mablagʼlari ajratilgan.    Bundan tashqari ijtimoiy dasturlar uchun jami 1514 ta mijozga 69,4 mlrd.soʼm imtiyozli kredit mablagʼlari ajratilgan. Shundan, axolining bandligini taʼminlash va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishga “Xar bir oila tadbirkor” dasturi doirasida 1047 ta mijozga 48,2 mlrd.soʼm, xunarmandchilikni rivojlantirish uchun 220 ta mijozga 6,9 mlrd.soʼm imtiyozli kredit mablagʼlari ajratilgan.   Qisqasini aytganda, endi shu kabi koʼplab loyihalar barcha shart-sharoitlar yaratilgan yangi binodagi bank xizmatlari markazida amalga oshiriladigan boʼldi. Qolaversa, zamonaviy binoda oʼz faoliyatini davom ettirishni boshlagan “Chirchiq” bank xizmatlari markazi hudud aholisi uchun Yangi yilda yangicha qoʼlaylik yaratadi.
MKBank “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 5-maydagi “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat bankini tashkil etish toʼgʼrisida”gi PF-3750-sonli Farmoni asosida tashkil etildi.Bank xalqaro moliyaviy institutlar hamda chet el tijorat banklari bilan hamkorlik aloqalarini oʼrnatgan.
O'xshash yangiliklar
SQB mahalla bankiri — eng muhim paytda yoningizda

03.07.2025

SQB mahalla bankiri — eng muhim paytda yoningizda

SQB Insurance aksiyasi: Yozgi imkoniyatlarni qo‘ldan boy bermang!

03.07.2025

SQB Insurance aksiyasi: Yozgi imkoniyatlarni qo‘ldan boy bermang!

SQB Bank shaffof kreditlash uchun yangi yechim

04.07.2025

SQB Bank shaffof kreditlash uchun yangi yechim



Orphus tizimi