Kapitalbank Uzcard versiyasiga ko'ra korporativ biznesni rivojlantirish bo'yicha yetakchiga aylandi Batafsil

Daromadli va jozibador omonatlar

19.06.2019

2019 yil 19 iyun kuni O’zbekiston Milliy matbuot markazida "Jismoniy va yuridik shaxslarga taklif etilayotgan omonat turlari, shartlari hamda bankning investitsiyaviy faolligini oshirishda jalb etilayotgan omonatlarning o’rni" mavzusida matbuot anjumani o’tkazildi. Unda ommaviy axborot vositalari vakillariga bankning bu yo’nalishda erishayotgan natijalari va galdagi vazifalari bo’yicha ma'lumotlar berildi.

_MG_3725_n.jpg

Qayd etildiki, aksiyadorlik tijorat "Qishloq qurilish bank" o’zining depozit siyosatida - aholining bo’sh pul mablag’larini bankdagi omonatlarga jalb qilishda ularning bank omonatlariga joylashtirgan pul mablag’larining barqaror daromadliligini ta'minlash va bankning manfaatlarini uyg’unlashtirishga qaratadi. Buning yorqin misoli sifatida bugungi kunda bank tomonidan yillik 21 foizlik omonatlar aholi uchun taklif etilayotganligi, ayniqsa, onlayn tarzida joylashtirilgan omonat pul mablag’lariga yillik 22% gacha foiz to’lovlarining amalga oshirilayotganligini keltirish mumkin.

2019 yilning o’tgan 5 oyi davomida ATB "Qishloq qurilish bank"da jami omonatchilar soni 98 800 tadan 104 600 ga yetdi, ya'ni omonatchilar soni 5800 taga o’sdi. Omonatlardagi mablag’lar qoldig’i 610,1 mlrd. so’mdan ortdi. Aholining bankdagi omonatlarda qoldig’i yil boshiga nisbatan 64,7 mlrd. so’mga yoki 112% ga ortishiga erishildi. Joriy yilning iyun-dekabr oylarida omonatlarga qariyb 60,0 mlrd. so’m mablag’ jalb qilish orqali yil yakuniga omonatlar qoldig’ini 680,0 mlrd. so’mga yetkazib, uning yillik o’sish darajasini qariyb 125% ni tashkiletishi ko’zda tutilgan. Bu borada bank tuzilmalari tomonidan tegishli choralar belgilangan.

_MG_3806_n.jpg

2019 -"Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili"da aholining bo’sh pul mablag’larini bank omonatlariga ko’proq jalb qilish, ayniqsa, omonatlarni saqlash muddatlarining uzoqligiga muvofiq ravishda nisbatan yuqori foizda daromad keltirilishini ta'minlash orqali aholi bilan manfaatli aloqalarni mustaxkamlashda ijobiy natijalarga erishildi. Bankning uzoq muddatli (1 yildan ortiq saqlanadigan) omonatlar qoldig’i 2019 yilning 1 iyun' holatida qariyb 293,0 mlrd. so’mni tashkil etib, qisqa muddatda, ya'ni 2018 yil boshiga nisbatan 276,0 mlrd. so’mga ortdi. Bugungi kunda aholi "Qishloq qurilish bank" filiallariga uzoq muddatlarga bo’sh pul mablag’larini jadal joylashtirayapti. Unga munosib ravishda bank ham o’z xizmatlarini tobora jozibadorligini va qulayligini oshirib bormoqda.

Jumladan:

- Bank filiallarida muddatli va jamg’armali omonatga minimal miqdordan yuqori mablag’ joylashtirgan omonatchiga bank Boshqaruvining qaroriga ko’ra bank plastik kartalari bepul taqdim qilinmoqda;

- bank omonatchilarining omonatlardagi mablag’larini ularning shaxsiy mobil aloqa vositasida masofadan boshqarish imkoniyatini beruvchi "Depozit banking" xizmatiga ulanish va foydalanish ham omonatchilarga bepul belgilangan, ushbu masofaviy dastur orqali joylashtirilgan omonatlarga shartnoma summasidan 1% yuqori foiz to’lov amalga oshirilishi ham yo’lga qo’yilgan;

- nisbatan uzoq muddatli omonatlarga nisbatan sezilarli darajada yuqori foiz to’lov joriy qilingan;

- aholining omonatlardagi mablag’larini ishonchli va xavfsiz saqlanishini ta'minlash maqsadida bank tomonidan qo’shimcha ravishda "Biometrik identifikatsiyalash" tizimi (barmoq izi orqali) joriy qilingan;

- omonatchining pasport muddatining o’tganligi, omonat muddatining yetib kelganligidan xabar beruvchi "SMSxabarnoma" tizimi yo’lga qo’yilgan;

- ba'zi sharoitlarga ko’ra muddatidan oldin qaytarib olingan omonatlarga ularning haqiqatda saqlangan muddatlariga muvofiq foiz to’lovlarini amalga oshirish va boshqa qulayliklar yaratilgan.

_MG_3728_n.jpg

          Bank omonatlar qoldig’i o’tgan yilning shu davrida 564,0 mlrd. so’mni tashkil qilgan bo’lib, joriy yilning 1 iyun holatiga bu ko’rsatkich 108% ga o’shdi va 610,1 mlrd. so’mga yetdi. Shundan, uzoq muddatli omonatlar 292,9 mlrd.so’mni, ya'ni jami omonatlarning 48% ini, qisqa muddatli omonatlar 317,2 mlrd.so’mni, ya'ni jami omonatlarning 52% ini tashkil yetmoqda.

ATB "Qishloq qurilish bank" tomonidan aholining bo’sh pul mablag’larini bankdagi omonatlarga yanada ko’proq jalb qilish maqsadida 2019 yil 1 iyun' holatiga 26 ta omonat turlariga mablag’lar jalb etilgan bo’lib, shulardan 19 tasi milliy valyutada, qolgan 7 tasi xorijiy valyutadagi omonat turlaridir.

Matbuot anjumanida joriy qilinishi rejalashtirilayotgan yangi omonatlar va xizmatlar haqida ma'lumotlar berildi va jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga javoblar qaytarildi.

Bank axborot xizmati

BRB
O'xshash yangiliklar
Kapitalbank Uzcard versiyasiga ko'ra korporativ biznesni rivojlantirish bo'yicha yetakchiga aylandi

25.10.2024

Kapitalbank Uzcard versiyasiga ko'ra korporativ biznesni rivojlantirish bo'yicha yetakchiga aylandi

Plum Tech UZCARD EXPO 2024 da: moliyaviy imkoniyatlarni o‘zgartiruvchi texnologiyalar

24.10.2024

Plum Tech UZCARD EXPO 2024 da: moliyaviy imkoniyatlarni o‘zgartiruvchi texnologiyalar

ATTO EXPO 2024 UZCARDda: Transport kartalaridan foydalanish bo‘yicha yechimlarni namoyishi

24.10.2024

ATTO EXPO 2024 UZCARDda: Transport kartalaridan foydalanish bo‘yicha yechimlarni namoyishi



Orphus tizimi