Paynet xalqaro strateglardan iborat kuzatuv kengashini shakllantirganini rasman e’lon qildi. Batafsil

Depozitlar - kredit resurslarining asosiy manbai

24.02.2016


Aholi va xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning bo‘sh pul mablag‘larini bank depozitlariga jalb etish banklar faoliyatining asosiy yo‘nalishlaridan biri hisoblanib, ushbu masalaga "Qishloq qurilish bank" tomonidan ham jiddiy e’tibor berilmoqda.

Depozitlarni jalb qilishda banklar faoliyatini yanada faollashuviga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yilning 6 maydagi 2344-sonli “Tijorat banklarining moliyaviy barqarorligini yanada oshirish va ularning resurs bazasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorlari o‘z ijobiy ta’sirini ko‘rsatmoqda.

Ushbu qarorning muhim vazifalari qatorida bank xizmatlarining yangi turlarini joriy qilish, aholi va xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning bo‘sh pul mablag‘larini depozitlarga jalb etish, ularning hajmini har yil yakuniga qadar oshirish hisobiga bankning resurs bazasini yanada mustahkamlash kabi vazifalar belgilab qo‘yilgan. Jumladan, yuridik shaxslardan jalb qilinadigan muddatli depozitlar hajmini oshirish hamda bank xizmatlarining yangi turlarini joriy qilish maqsadida 2015 yilda bank tomonidan “Differensial” nomli yangi depozit turi joriy qilindi.

Bankning jami yuridik shaxslar depozitlarini 2015 yil yakuni bo‘yicha tahlil qiladigan bo‘lsak, ushbu ko‘rsatkich yil yakunida 371,1 mlrd.so‘mni tashkil qilgan bo‘lsa, 2016 yilning 1 fevral holatiga kelib ushbu ko‘rsatkich 452,2 mlrd. so‘mga etdi. Bu esa yil boshiga nisbatan 81,1 mlrd. so‘mga o‘sganini ko‘rsatadi.

Xulosa qilib aytganda, "Qishloq qurilish bank" o‘zining iqtisodiy salohiyatini yil sayin mustahkamlab, o‘zining sifatli xizmatlari bilan mijozlar ishonchini qozonmoqda. Bank faoliyatining har yilgi natijalari tashqi auditorlik kompaniyalari tomonidan o‘rganilib, ularning xalqaro standartlarga muvofiqligi e’tirof etilmoqda.

 

Bank axborot xizmati


BRB
O'xshash yangiliklar
Paynet xalqaro strateglardan iborat kuzatuv kengashini shakllantirganini rasman e’lon qildi.

07.05.2025

Paynet xalqaro strateglardan iborat kuzatuv kengashini shakllantirganini rasman e’lon qildi.

Octobank «2024 yilda O‘zbekiston bank sohasida jadal taraqqiyot uchun» mukofotiga sazovor bo‘ldi

06.05.2025

Octobank «2024 yilda O‘zbekiston bank sohasida jadal taraqqiyot uchun» mukofotiga sazovor bo‘ldi

«Kapitalbank» ATB rahbariyat tarkibini kadrlar zaxirasi hisobidan kengaytirmoqda

05.05.2025

«Kapitalbank» ATB rahbariyat tarkibini kadrlar zaxirasi hisobidan kengaytirmoqda



Orphus tizimi