Foreks bozori – okeanga o'xshaydi: gohida tinch, gohida esa bo'ronlar va suv osti qoyalari bilan to'la bo'ladi. Treyderning vazifasi – shunchaki maqsadga yetib borish emas, balki o'z kemasini (ya'ni depozitini) butun va salomat saqlashdir.
Savdoni muvaffaqiyatli qilish uchun qanday xatarlarni hisobga olish kerakligini
Alpari ekspertlari aytib berishadi.
Volatillik: foreks-arg'imchoqlaridan yiqilmaslik uchun
Bozorlarning volatilligi (o'zgaruvchanligi) – foreksdagi asosiy xatarlardan biridir. Yangiliklar, siyosiy voqealar, markaziy banklarning kutilmagan hisobotlari valyuta kurslari va aksiyalar narxini keskin o'zgartirishi mumkin. Hatto bitta shunday sakrash ham depozitingizni yo'q qilishi mumkin.
2016-yilda Buyuk Britaniyaning Yevropa Ittifoqidan chiqishi bo'yicha ovoz berish funt sterling kursining pasayishiga olib kelgani, ko'plab treyderlarni hayratda qoldirganini eslaylik. Yoki 2008-yilgi inqiroz, AQShda ko'chmas mulk bozorining qulashi global moliyaviy inqirozga va valyuta bozorida notinchlikka olib kelgan edi.
Treyder bozor har doim ham mantiqiy harakat qilmasligini tushunishi kerak. His-tuyg'ular, spekulyatsiyalar va hatta mish-mishlar ham valyuta kurslariga ta'sir ko'rsatishi mumkin.
Bu xatarlarni qanday kamaytirish mumkin?
- Stop-loss'larni o'rnatish: Oldindan belgilangan narx darajasida bitimni avtomatik ravishda yopish imkonini beruvchi stop-loss'larni o'rnatish. Bu – treyderga o'zi tayyor bo'lganidan ko'proq yo'qotishga yo'l qo'ymaydigan "qutqaruv halqasi". Hatto bitimga 100% ishonchingiz komil bo'lsa ham, bozor mantiqqa zid harakat qilishi mumkin. Shuning uchun stop-loss'ni pozitsiyani ochish bilanoq qo'yish yaxshiroqdir.
- Savdo kundaliklari: Treyderlarning yana bir yordamchisi – savdo kundaliklari. Har bir bitimni yozib boring: valyuta juftligi, ochilish va yopilish sanasi, lot hajmi, stop-loss va take-profit darajasi, shuningdek, pozitsiyaga kirishga qaror qilishingizga sabab bo'lgan omillar. Qonuniyatlarni aniqlash va savdo strategiyangizni yaxshilash uchun bitim natijalarini tahlil qiling. Xitoy maqolini ham unutmaymiz: "Har bir jang u boshlanmasdan oldin yutib olinadi". Ya'ni, urushlarni jangu-jadallar emas, balki strategiyalar yutadi. Foreksga nisbatan bu, savdoni oldindan rejalashtirish va keyin shu rejaga amal qilish kerakligini anglatadi.
- Diversifikatsiya: Kapitalni turli valyuta juftliklari va boshqa moliyaviy vositalar (aksiyalar, neft, oltin, kriptovalyutalar va boshqalar) o'rtasida taqsimlash ham foydali bo'ladi. Bunday yondashuv bilan, hatto bitta bitim zararli bo'lib chiqsa ham, boshqalar yo'qotishlarni qoplashi mumkin.
- "1% qoidasi": Bir bitimda depozitingizning 1% dan ko'prog'ini xavf ostiga qo'ymang. Bu sizning portfelingiz barqarorligini oshirishga va uni bozorning noqulay o'zgarishlaridan himoya qilishga yordam beradi.
Qarz mablag'lari: hammaga ham to'g'ri kelmaydi
Foreks-brokerlar tomonidan taqdim etiladigan kredit yelkasi (leverage) treyderlarga kichik o'z kapitali bilan katta hajmda valyuta savdosi qilish imkonini beradi. Yelka potentsial foydani sezilarli darajada oshirishi mumkin, ammo shu bilan birga u potentsial yo'qotishlar xavfini ham oshiradi.
Ko'plab yangi boshlovchilar tez daromad olish umidida maksimal yelkani (masalan, 1:500) ochish vasvasasiga tushadi. Ammo bu juda xavfli. Axir, yelka qanchalik katta bo'lsa, margin-call (hisobingiz ochiq pozitsiyalarni saqlab turish uchun yetarli darajada ta'minlanmagan vaziyat) shunchalik yaqin bo'ladi, bu esa brokerni sizning bitimlaringizni majburiy ravishda zarar bilan yopishga majbur qiladi.
Kredit yelkasi ham potentsial foydani, ham potentsial yo'qotishlarni oshiradi. Yangi boshlovchilar uni ishlatishda ayniqsa ehtiyot bo'lishlari va yanada konservativ sozlamalarni tanlashlari kerak.
His-tuyg'ular va mantiq: nima g'olib chiqadi?
Treyderning his-tuyg'ulari – muvaffaqiyatli savdo uchun to'siqdir.
G'alabalar va mag'lubiyatlarga nisbatan xotirjam bo'lish juda muhim. Muvaffaqiyatsiz bitimdan so'ng "o'z ziyonini qoplashga" urinish kerak emas, chunki bu daromad keltirishi dargumon, ammo yo'qotishlarni oshirishi mumkin. Hissiy zo'riqish belgilari savdoda vaqtincha tanaffus qilishga sabab bo'lishi kerak.
- Savdodan umumiy yo'qotishlar uchun limit belgilashga harakat qiling. Bu darajaga erishish – bitimni yopish uchun signaldir.
- Aniq belgilangan strategiyaga asoslangan, hissiy bo'lmagan, puxta savdo yondashuvi muvaffaqiyat imkoniyatlarini sezilarli darajada oshiradi.
Shoshqaloqlik — bozorni masxara qiladi
Tasavvur qiling, siz yangi avtomobil sotib oldingiz va darhol u bilan poygada qatnashishga qaror qildingiz. Test-drayvsiz, tormozlarni tekshirmasdan, hatto uzatmalar qutisi qanday ishlashini tushunmasdan. Marra chizig'iga eson-omon yetib borish imkoniyatlaringiz qanday? Taxminan xuddi tayyorgarliksiz, katta summalar bilan va ko'zlari yonib turgancha savdoga shoshiladigan treydernikidek.
Forex – lotereya ham, kazino ham emas. Bu murakkab mexanizm bo'lib, muvaffaqiyat xotirjam, intizomli va ortiqcha shoshilmasdan harakat qiladiganlarga nasib etadi.
* Avval tizimingiz ishlayaptimi, yo'qmi, tekshirib ko'rgan ma'qul. Buning uchun demo-hisobdan foydalaning. Virtual pullar bilan bir oy savdo qilish strategiyaning yashovchanligini tushunishga va psixologik barqarorligingizni tekshirishga yordam beradi.
* Kichik summalar bilan savdo qilishni boshlang, hatto muvaffaqiyatga ishonchingiz komil bo'lsa ham.
Depozitingizni qutqaradigan
Alpari qoidalari:
* Faqat bozorda uzoq vaqtdan beri ishlaydigan va katta mijozlar bazasiga ega bo'lgan ishonchli brokerlar bilan savdo qiling.
* Har doim stop-loss qo'ying, hatto bitimga ishonchingiz komil bo'lsa ham.
* Kichik summalar va mo'tadil kredit yelka bilan savdo qilishni boshlang.
* Treyder kundaligini yuriting va xatolaringizni tahlil qiling.
* Shoshqaloqlik stressni keltirib chiqaradi, stress esa o'ylamasdan qilingan bitimlar va yo'qotishlarga olib keladi. Hech qachon vahima qilmang.
* Yodda tuting, bozor hech qayoqqa shoshilmaydi – va siz ham shoshilishingiz shart emas.
Depozitni yo'qotmaslik: treyder uchun risk-menejmentning asosiy qoidalari