JET: Qaysi bankda ikkilamchi bozor uchun eng kam foizli ipoteka kreditlari mavjud? Batafsil

Deputat eʼtirozi boʼyicha fuqarolarga kreditlar ajratilmoqda

31.03.2021
31.03.2021
“Mikrokreditbank” АTB Аndijon mintaqaviy filiali Аndijon viloyati xalq deputatalari shahar Kengashi deputati Jaxongir Jiyanovning Аndijon shahar “Sanoat” mahalla fuqarolar yigʼinida istiqomat qiluvchi bir necha fuqarolarga bank tomonidan asossiz ravishda kredit ajratilmayotganligini aytib qilgan videomurojaati boʼyicha quyidagilarni maʼlum qilamiz. 
Hududlar taʼqsimotiga koʼra, yuqoridagi mahalla fuqarolariga kredit ajratish “Mikrokreditbank” Аndijon mintaqaviy filiali zimmasiga yuklatilgan. Аyni paytda, hududda istiqomat qilayotgan fuqarolarga navbati bilan kreditlar ajratilmoqda. 

Deputat J.Jiyanovning ijtimoiy tarmoqdagi chiqishi hamda 2021 yil 24 mart kungi №01/29/44-sonli deputatlik soʼrovida keltirilgan fuqarolar roʼyxati oʼrganildi. Oʼrganish davomida M.Yuldashev va X.Bakirovlar nomiga “mebel qayta ishlash” maqsadida 30 mln (oʼttiz million) soʼmdan jami: 60 mln (oltmish million) soʼm kredit mablagʼi ajratib berildi. 

Ushbu roʼyxatdagi qolgan fuqarolar joylarga chiqib oʼrganilganda А.Muxammedov “Yoshlar – kelajagimiz” davlat dasturi doirasidagi imtiyozli kredit mablagʼidan foydalanishini, shunga koʼra, kredit hujjatlari tayyorlab bankga topshirishini aytib oʼtgan. 
Fukaro G.Muxammedova “Tadbirkor ayol” davlat dasturi doirasidagi imtiyozli kredit mablagʼidan foydalanish maqsadida Xalq bankining Аndijon viloyati filialiga hujjat topshirishini taʼkidlagan.

Bundan tashqari, hozirda bankka kredit olish maqsadida S.Maksumov hamda Z.Muxamedovlar topshirgan birlamchi kredit hujjatlari tartib asosida oʼrganilayotganligini, kredit qoʼmitasi tomonidan kredit ajratilishi maqullangandan soʼng, tartib asosida ularga kredit mablagʼi rasmiylashtirilishini maʼlum qilamiz.

Shuni alohida taʼkidlash kerakki, “Mikrokreditbank” АTB yangi islohotlar davrida oilaviy tadbirkorlarni, oʼzini oʼzi band qilmoqchi boʼlgan fuqarolarni hamda yoshlarni doimo qoʼllab-quvvatlashga tayyor! 
 
Bank axborot xizmati
MKBank “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 5-maydagi “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat bankini tashkil etish toʼgʼrisida”gi PF-3750-sonli Farmoni asosida tashkil etildi.Bank xalqaro moliyaviy institutlar hamda chet el tijorat banklari bilan hamkorlik aloqalarini oʼrnatgan.
O'xshash yangiliklar
Kapitalbank BMTTDning “Umidani chaqiring” tashabbusiga qo‘shildi

05.09.2025

Kapitalbank BMTTDning “Umidani chaqiring” tashabbusiga qo‘shildi

Mikroqarzni qachon olish maqsadga muvofiq: Octobank tahlili

19.08.2025

Mikroqarzni qachon olish maqsadga muvofiq: Octobank tahlili

O‘zbekiston Milliy banki biznes uchun kreditlar miqdorini oshirdi va moliyalashtirish shartlarini soddalashtirdi

13.08.2025

O‘zbekiston Milliy banki biznes uchun kreditlar miqdorini oshirdi va moliyalashtirish shartlarini soddalashtirdi



Orphus tizimi