JET: Qaysi avtomobillarni muddatli to'lovga olish mumkin? Batafsil

“Dibank” (“1С: Direct Bank”) – yuridik shaxslar uchun yangi xizmat

27.03.2021

Xalq banki, “Venkon” kompaniyasi bilan hamkorlikda o‘z mijozlariga yuridik shaxslar uchun zamonaviy va qulay xizmatni taklif etadi.

Ushbu texnologiya “1C:Korxona” tizimida faqatgina bitta tugmachani bosib, hujjatlarni bankka yuborish va bankdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri “1C” tizimining dasturidan hujjatlar qabul qilish imkonini beradi.

“Dibank” (“1С: Direct Bank”) ko‘p funksiyali va undan foydalanish juda oson. Mijoz kompyuteriga qo‘shimcha dasturlarni o‘rnatish va ishga tushirishning hojati yo‘q. Barcha to‘lov topshiriqlarini “1C: Korxona”da yaratish va elektron imzo bilan imzolash, so‘ngra tugmachani bir marta bosish orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri bank serveriga yuborish mumkin. Shuningdek, siz to‘lov holati to‘g‘risida bilib olishingiz va “1C” dasturidan chiqmasdan onlayn rejimda bank hisobotlarini kuzatishingiz mumkin.

         Agar siz Internet-banking xizmatining foydalanuvchisi bo‘lsangiz, unda siz ushbu yangi va foydali texnologiyadan avtomatik ravishda foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lasiz. Ulanish va sozlash BEPUL.

         Keling, ushbu tizim qanday ishlashini batafsil ko‘rib chiqamiz. "1C" dasturining "To‘lov topshirig‘i" funksiyasida "Bankka yuborish" tugmasi paydo bo‘ladi. Uni bosgandan so‘ng tizim elektron to‘lov topshirig‘ini imzolaydi va bankka yuboradi. Internet-banking bilan ishlashda foydalanadigan elektron kalitingiz ushbu tizim uchun ham amal qiladi. Ko‘p jarayonlar sodda va avtomatlashtirilgan. To‘lov topshiriqnomalarini «qo‘lda to‘ldirish» va kiruvchi bank to‘lovlarini «joylashtirish» dan xalos qiladi. Endi siz keraksiz harakatlarni bajarishingiz ham shart emas.

         “Dibank” (“1С: Direct Bank”) bizning mehnatkash hisobchilarning eng mashaqqatli vazifalaridan biri – "Internet-banking" da bank uchun plastik kartalarda ish haqi reestrlarini shakllantirishga yordam beradi. Endi reestr avtomatik ravishda “1C”da shakllantiriladi hamda bankka yuboriladi, shundan so‘ng xodimlarning ish haqi kartalariga o‘tkaziladi.

                  “1C” dasturlarining foydalanuvchilari uchun “Dibank” (“1С: Direct Bank”) texnologiyasining afzalliklari:

  • Mijoz-bank tizimini o‘rnatmasdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri “1C: Korxona”dan joriy hisob-kitoblarni boshqarish;
  • Turli banklarda ochilgan barcha hisobvaraqlarni boshqarish uchun yagona foydalanuvchi interfeysi;
  • Yuqori xavfsizlik darajasi – elektron hujjatlarni imzolash to‘g‘ridan-to‘g‘ri “1C: Korxona” dasturida amalga oshiriladi;
  • Bank bilan ma‘lumot almashishning yuqori tezligi – to‘lov hujjatini yuborish yoki bankdan ko‘chirma olish bitta foydalanuvchi buyrug‘i bilan amalga oshiriladi;
  • “Bitta oynada” ishlash – tanish interfeys, oddiy buyruqlar – ortiqcha narsa yo‘q.

         “Dibank” (“1С: Direct Bank”) texnologiyasi sizning qimmatli vaqtingizni tejashga va jarayonlarni avtomatlashtirish tufayli ish jarayonidagi xatolarni bartaraf etishga yordam beradi.

Xalq Banki Xalq banki – O‘zbekistonning  birinchi banki bo'lib, moliya bozorida 1875-yil 10-maydan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. Bankning 300 ga yaqin xizmat ko'rsatish shoxobchalari, 3000 dan ortiq bankomatlari mavjud bo'lib, ular geografik qamrovi bo'yicha mamlakat moliya bozorida yetakchi hisoblanadi. Moliya muassasasi O'zbekiston bo'ylab 10 millionga yaqin bank xizmatlari iste'molchilariga xizmat ko'rsatadi.
Manba: Xalq banki
O'xshash yangiliklar
Uzum Bank O‘zbekiston Respublikasining barcha fuqarolari uchun Visa kartalarini rasmiylashtirishni boshladi

30.10.2024

Uzum Bank O‘zbekiston Respublikasining barcha fuqarolari uchun Visa kartalarini rasmiylashtirishni boshladi

Kapitalbank Uzcard versiyasiga ko'ra korporativ biznesni rivojlantirish bo'yicha yetakchiga aylandi

25.10.2024

Kapitalbank Uzcard versiyasiga ko'ra korporativ biznesni rivojlantirish bo'yicha yetakchiga aylandi

Plum Tech UZCARD EXPO 2024 da: moliyaviy imkoniyatlarni o‘zgartiruvchi texnologiyalar

24.10.2024

Plum Tech UZCARD EXPO 2024 da: moliyaviy imkoniyatlarni o‘zgartiruvchi texnologiyalar



Orphus tizimi