DIQQAT E’LON! Xalq bankining asosiy dasturlarida vaqtincha to‘xtalish bo‘ladi

19.02.2021

2020 yilda Xalq bankida axborot texnologiyalarini joriy qilish maqsadida bankning yagona korporativ tarmog‘ini tashkil etish rejalashtirilayotgani va bu boradagi yangilanishlar jadallik bilan amaliyotga tatbiq etilayotgani haqida xabar bergandik.

Bugungi kunga kelib yangi tizimni amaliyotga joriy etish bo‘yicha ishlar to‘liq yakunlangan bo‘lib, yagona mijozlar bazasi yaratildi. Shunga ko‘ra mijozlar yagona mijozlar bazasiga o‘tkazilayotganligi sababli Xalq banki dasturlari 19-22 fevral kunlari vaqtincha to‘xtatiladi. 

Ushbu tizim mijozlar uchun ko‘plab qulayliklarni taqdim qiladi. Ya’ni, mijozlarga o‘z hisobraqamlari bo‘yicha bankning barcha filiallarida xizmat ko‘rsatish imkoniyati yaratiladi. Masalan, mijoz Andijon viloyatining bir tumanida omonatga mablag‘ qo‘ygan bo‘lsa, unga o‘sha omonati bo‘yicha Xorazm viloyatining Urganch shahri filialida ham xizmat ko‘rsatish mumkin bo‘ladi.

Xalq Banki Xalq banki – O‘zbekistonning  birinchi banki bo'lib, moliya bozorida 1875-yil 10-maydan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. Bankning 300 ga yaqin xizmat ko'rsatish shoxobchalari, 3000 dan ortiq bankomatlari mavjud bo'lib, ular geografik qamrovi bo'yicha mamlakat moliya bozorida yetakchi hisoblanadi. Moliya muassasasi O'zbekiston bo'ylab 10 millionga yaqin bank xizmatlari iste'molchilariga xizmat ko'rsatadi.
Manba: Xalq banki
O'xshash yangiliklar
Janubiy Koreyadan pul o‘tkazmalari yanada qulaylashdi: Octobank HUMO kartalariga E9PAY uladi

05.05.2026

Janubiy Koreyadan pul o‘tkazmalari yanada qulaylashdi: Octobank HUMO kartalariga E9PAY uladi

Qashqadaryo: ANORBANK 150 nafar maktab o‘quvchilari uchun moliyaviy savodxonlik darslarini o‘tkazdi

24.04.2026

Qashqadaryo: ANORBANK 150 nafar maktab o‘quvchilari uchun moliyaviy savodxonlik darslarini o‘tkazdi

Tashkent City’da Asterium kriptoekotizimining flagman ofisi ochildi. U xavfsizlik, shaffoflik va premial foydalanuvchi tajribasiga urg‘u berilgan yangi makondir.

23.04.2026

Tashkent City’da Asterium kriptoekotizimining flagman ofisi ochildi. U xavfsizlik, shaffoflik va premial foydalanuvchi tajribasiga urg‘u berilgan yangi makondir.



Orphus tizimi