Diqqat, yangi tarif!

28.09.2018

Diqqat, yangi tarif!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 12 sentyabrdagi “Respublika bank tizimini yanada rivojlantirish va barqarorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori va 2017 yil 25 oktyabrdagi“Erkin iqtisodiy zonalar va kichik zonalari faoliyati samaradorligini oshirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash, bank xizmat tariflarini optimallashtirish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalarida faoliyat yuritayotgan tashkilotlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida ATB “Qishloq qurilish bank” tomonidan “Ekonom paket” tarifi amaliyotga tadbiq etildi.Endilikda erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalarida faoliyat yuritayotgan, mazkur tarifdan foydalanadigantashkilotlar “Qishloq qurilish bank”ning barcha xizmatlari uchun atigi oyiga 450 000so‘m to‘laydi.

Ushbu tarifda depozit hisobvaraqlaridan pul mablag‘larini o‘tkazish bo‘yicha amaliyotlar bajarish, “UzCARD” plastik kartalariga xizmat ko‘rsatish, milliy valyutada kassa xizmatini ko‘rsatish va boshqa xizmatlar, plastik kartalarga “SMS-xabarnoma” va internet xizmatlarni ulash mutlaqo bepul,qolgan xizmatlar esa arzonlashtirilgan narxlarda!
Mazkur tarifdan foydalanish korxona-tashkilotlarni bank xizmatlariga ortiqcha xarajat qilmasdan o‘z mablag‘larini iqtisod qilishiga olib keladi. Iqtisod qilingan mablag‘lar hisobiga yangi ishchi o‘rinlaritashkil qilish, xodimlarning ijtimoiy ta’minotini yanada yaxshilash imkoniyati yaratiladi.
Batafsil ma’lumotni quyidagi veb-manzil orqali olishingiz mumkin:http://qishloqqurilishbank.uz/uz/tarif.php
Zamonaviy, qulay va arzon bank xizmatlaridan foydalaning!

Ma’lumot uchun:
Telefon: 71 150-93-39
Telegram: https://t.me/QQBANK
Facebook: FB.com/official.qqb.uz

BRB
O'xshash yangiliklar
Central Asian Fintech Association (CAFA) Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan menejerlar va IT yetakchilari uchun eng muhim tadbirlardan biri — Manager’s Conference 2026 tadbirining hamkori va ishtirokchisi sifatida qatnashadi

13.05.2026

Janubiy Koreyadan pul o‘tkazmalari yanada qulaylashdi: Octobank HUMO kartalariga E9PAY uladi

05.05.2026

Janubiy Koreyadan pul o‘tkazmalari yanada qulaylashdi: Octobank HUMO kartalariga E9PAY uladi

Qashqadaryo: ANORBANK 150 nafar maktab o‘quvchilari uchun moliyaviy savodxonlik darslarini o‘tkazdi

24.04.2026

Qashqadaryo: ANORBANK 150 nafar maktab o‘quvchilari uchun moliyaviy savodxonlik darslarini o‘tkazdi

Orphus tizimi