JET: Dollar kursini kimdir o'yin qilyaptimi yoki kurs "sakragani" normal holatmi? Batafsil

Bank hisob raqamlaringizga ta’sir qilishi mumkin bo'lgan xorijiy valyuta sotish va sotib olish operatsiyalari bilan bog’liq o’zgarishlarni ma’lum qilamiz

12.02.2021

E’LON

Hurmatli Mijozlar,

Bank hisob raqamlaringizga ta’sir qilishi mumkinligini inobatga olgan holda, Sizga 2021-yil 15-fevraldan boshlab kuchga kirayotgan xorijiy valyuta sotish va sotib olish operatsiyalari bilan bog’liq quyidagi o’zgarishlarni ma’lum qilamiz:

1. Bank tariflariga o'zgartirishlar: 10.1.1, 10.1.5, 10.1.7-bandlarga o'zgartirishlar (komissiya to'lovini bekor qilish) va 10.1.6-bandni olib tashlash;

2. Xorijiy valyutani sotish va sotib olish amaliyotidagi o'zgarishlar: O'zRVBda xorijiy valyutani sotish / sotib olish amaliyotining bekor qilinishi – endilikda bunday operatsiyalar bankning o’zida hamda bank tomonidan o’rnatiladigan valyuta ayirboshlash kursida amalga oshiriladi;

3. Konversiya xizmatlarini ko'rsatish uchun yagona ommaviy taklifning joriy etilishi;

4. Konversiya xizmatlari uchun yangilangan ariza namunalari.

Bank Tariflariga kiritilayotgan o’zgartirishlar, shuningdek, joriy etilayotgan Ommaviy Taklif hamda yangilanayotgan ariza namunalari bo’yicha ma’lumotlarni Bankimiz veb saytidan (www.kdb.uz) yoki Mijozlarga Xizmat Ko’rsatish Bo’limiga murojaat qilgan holda olishingiz mumkin.

Qo’shimcha ma’lumot uchun yoki savollaringiz bo’lsa, Sizga biriktirilgan Mijozlar bilan ishlash Menejeriga murojaat qilishingizni so’raymiz.

Hurmat bilan,

«KDB Bank O’zbekiston» AJ

 

KDB Bank Uzbekiston "KDB Bank O’zbekiston" AJ - O'zbekistondagi eng yirik xalqaro bankdir. Bankning asosiy aksioneri bank ustav kapitalidagi ulushi 86,32% bo'lgan, hamda yetakchi xalqaro reyting agentliklari tomonidan eng yuqori kredit reytingi berilgan (Standard and Poor's - AA / Moody's - Aa2 / Fitch - AA-) Koreya Respublikasining "KDB Bank" (Koreya Taraqqiyot Banki) dir.
O'xshash yangiliklar
Kapitalbank BMTTDning “Umidani chaqiring” tashabbusiga qo‘shildi

05.09.2025

Kapitalbank BMTTDning “Umidani chaqiring” tashabbusiga qo‘shildi

Mikroqarzni qachon olish maqsadga muvofiq: Octobank tahlili

19.08.2025

Mikroqarzni qachon olish maqsadga muvofiq: Octobank tahlili

O‘zbekiston Milliy banki biznes uchun kreditlar miqdorini oshirdi va moliyalashtirish shartlarini soddalashtirdi

13.08.2025

O‘zbekiston Milliy banki biznes uchun kreditlar miqdorini oshirdi va moliyalashtirish shartlarini soddalashtirdi



Orphus tizimi