JET: Kartadan kartaga 200 million so'mni komissiyasiz o'tkazish mumkinmi? Batafsil

EIB kichik va o'rta biznes loyihalarini moliyalashtirish uchun qulay shart-sharoitlarni ta'minlaydi

14.02.2022
EIB kichik va o'rta biznes loyihalarini moliyalashtirish uchun qulay shart-sharoitlarni ta'minlaydiEvropa investitsiya banki tomonidan kichik va o'rta biznes kreditlarini moliyalashtirish Yevropa investitsiya banki (EIB; www.eib.org) bilan imzolangan bitimga muvofiq SQB kichik va o'rta biznes vakillari hamda ishchilari soni 3000 dan kam bo'lgan tadbirkorlik subyektlari (o'rta kapitallashuvga ega bo'lgan korxonalar) uchun arzon moliyalashtirish manbaasi va moslashuvchan qaytarish jadvalini taklif qiladi. Kichik va o'rta biznes loyihalarini moliyalashtirish bo’y’icha Evropa bilan hamkorlik EIB Yevropa Ittifoqining uzoq muddatli kreditlarni taqdim qiluvchi banki hisoblanadi. Uning roli Yevropa Ittifoqi siyosati maqsadlarini qo'llab-quvvatlash uchun investitsiya loyihalarini moliyalashtirishdan iborat. Yevropa Ittifoqining tashqi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash maqsadida Yevropa Parlamenti va EIB Kengashi qarori bilan Yevropa Ittifoqidan tashqarida tegishli loyihalarni moliyalashtirish uchun tashqi mandat berilgan[1]. Kapital bozorlarida mumkin bo'lgan eng yaxshi reytingi (AAA) bilan EIB qulay shartlarda qarz olishi mumkin va ularni biz orqali kichik va o'rta biznes tadbirkorlik subyektlariga va o'rta kapitallashuvga ega bo'lgan korxonalarga taqdim qiladi. Biz EIB ishtiroki va uning olingan kreditning moliyaviy shartlariga ta'siri to'g'risida kichik va o'rta biznes vakillari va o'rta kapitallashuvga ega bo'lgan korxonalarni xabardor qilamiz. EIB guruhining kichik va o'rta biznesni qo'llab-quvvatlashi haqida batafsil ma'lumotni EIB veb-saytida (www.eib.org) topishingiz mumkin. EIB tomonidan moliyalashtirish nima? EIB kichik va o'rta biznesga yangi kredit liniyalarni taqdim qilish orqali ushbu muhim sektorni qo'llab-quvvatlashni kuchaytirmoqda. Kredit muddati kamida 2 yil (kreditning haqiqiy muddati moliyalashtirilayotgan loyihaning iqtisodiy va texnik samaradorligiga bog'liq bo'ladi) va maksimal qiymati 25 million evro bo'lgan kichik loyihalarni moliyalashtirish uchun ishlatilishi mumkin. EIB hissasi 12,5 million evrodan oshmasligi kerak. EIB kreditini olish uchun kim murojaat qilishi mumkin? • investitsiya kiritilishidan oldin 250 dan kam xodimga ega bo'lgan mahalliy kichik va o'rta biznes tadbirkorlik subyektlari; • investitsiya kiritilishidan oldin 3000 dan kam ishchisi bo'lgan mahalliy o'rta kapitallashuvga ega bo'lgan korxonalar; • Iqtisodiy sohalarining aksariyat vakillari. Shu bilan birga, EIB qurol va o'q-dorilar, harbiy/politsiya texnikasi yoki infratuzilmasi, odamlarning shaxsiy huquq va erkinliklarini cheklovchi infratuzilmani yaratish yoki ishlab chiqarish, atrof-muhitga ta'sir ko'rsatadigan faoliyat, axloqsiz, bahsli yoki milliy qonunchilik bilan taqiqlangan faoliyat; tovar belgisi yoki geografik ko'rsatkichni buzuvchi harakat predmeti bo'lgan tovarlarni ishlab chiqarish yoki sotishga qaratilgan faoliyat, qimor o'yinlari va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish bilan bog'liq faoliyatni moliyalshtirmaydi. EIB krediti nima uchun ishlatilishi mumkin? EIB krediti kichik va o'rta korxonalar yoki o'rta kapitallashuvga ega bo'lgan korxonalarni rivojlantirishga yo'naltirilgan barcha investitsiyalar va xarajatlarni moliyalashtirish uchun ishlatilishi mumkin, ya'ni: • Moddiy investitsiyalar: ba'zi cheklovlar bilan er sotib olish bilan bog'liq moddiy boyliklarni sotib olish, ta'mirlash yoki kengaytirish. • Nomoddiy investitsiyalar: asosan tadqiqot va ishlanmalar, texnologiya litsenziyalari va dasturiy ta'minotni sotib olish bilan bog'liq xarajatlar. • kichik va o'rta biznes vakillari yoki o'rta kapitallashuvga ega bo'lgan korxonalarni faoliyati uchun zarur bo'lgan o'rta va uzoq muddatli aylanma mablag'larga bo'lgan ehtiyojni qondirish. Sizning biznesingiz uchun qanday imtiyozlar bor? • Biznes kreditlashning standart shartlariga nisbatan qulay foiz stavkalarini olishingiz mumkin. • Biznesingizning moliyaviy ehtiyojlariga qarab, kreditni to'lash muddati yoki muddatini kelishib olishingiz mumkin. • Bu sizga pul oqimi yoki likvidligingizga salbiy ta'sir ko'rsatmasdan, biznesingizga katta miqdorda sarmoya kiritish imkonini beradi. Keyingi qadamlar EIBga moliyalashtirish uchun ariza yuborilgandan so’ng: (a) siz EIB vakillariga kredit predmeti boʻlgan loyihani tashkil etuvchi barcha obʼyektlar, inshootlar va ishlarni borib koʻrish va tekshirishga ruxsat berishingiz kerak; va (b) biz siz haqingizda EIB bilan ma'lumot almashishimiz mumkin. Iltimos, jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha menejerimizga murojaat qiling yoki sizning biznesingiz EIB tomonidan moliyalashtirishga to’g’ri kelishi haqida muhokama qilish uchun mahalliy filialimizga tashrif buyuring. https://www.eib.org/attachments/strategies/mou_ec_eib_on_external_mandate_en.pdf Orqaga qaytish 16 Boshqa yangiliklar“Tadbirkorlar maktabi”da 1-mavsum oʻquv kurslari boshlandiBank xodimlari Dubayda oʻtkazilgan roud-shouda qatnashdi “O‘zsanoatqurilishbank” va “NATIXIS” investitsiya banki o‘rtasida hamkorlik to'g'risida memorandum imzolandi.“Tadbirkorlar maktabi” oʻquv markazida malaka oshirish kurslari boshlandi
O‘zsanoatqurilishbank “O’zsanoatqurilishbank” ATB O’zbеkiston Rеspublikasidagi eng boy tarixga ega moliya muassasalaridan biri sanaladi. Uning tarixi Toshkеntda Sanoatbankning O’rta Osiyo idorasi ochilgan vaqtdan, ya'ni 1922 yildan boshlanadi.
Manba: Sqb.uz
O'xshash yangiliklar
“Fitch Ratings” xalqaro reyting agentligi “Kapitalbank”ga “Barqaror” prognoz bilan “B” darajadagi reytingini berdi

04.07.2024

“Fitch Ratings” xalqaro reyting agentligi “Kapitalbank”ga “Barqaror” prognoz bilan “B” darajadagi reytingini berdi

“S&P Global Ratings” xalqaro agentligi "Kapitalbank" reytingini “B”dan “B+”ga ko‘tardi.

02.07.2024

“S&P Global Ratings” xalqaro agentligi "Kapitalbank" reytingini “B”dan “B+”ga ko‘tardi.

Uzum Bank Markswebb versiyasi bo‘yicha banklar va to‘lov servislari ilovalari orasida birinchi o‘rinni egalladi
Uzum Bank Markswebb versiyasi bo‘yicha banklar va to‘lov servislari ilovalari orasida birinchi o‘rinni egalladi



Orphus tizimi