Kapitalbank Uzcard versiyasiga ko'ra korporativ biznesni rivojlantirish bo'yicha yetakchiga aylandi Batafsil

Elektron hamyon: ishonchli va qulay

06.05.2015


Poytaxtimizdagi Milliy matbuot markazida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan pul muomalasini takomillashtirish va plastik kartochkadan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi.

 

Unda mamlakatimizda iqtisodiy o‘sish barqarorligini ta’minlaydigan naqd pulsiz hisob-kitob tizimini kengaytirish choralari ko‘rilayotgani, savdo shoxobchalarida plastik kartochkalar yordamida yagona tartibda bank operatsiyalarini o‘tkazish imkonini beruvchi zamonaviy bank texnologiyalari ishlab chiqilgani, plastik kartochkalar, to‘lov terminallari va boshqa jihozlarni yuqori darajada himoyalash bo‘yicha belgilangan talablarga rioya etilishi ustidan nazorat o‘rnatilgani ta’kidlandi.

Plastik kartochkalar orqali savdo va xizmat ko‘rsatish tizimi tobora takomillashayotgani aholiga har tomonlama qulaylik yaratmoqda. Prezidentimiz Islom Karimovning 2010-yil 19-apreldagi “Bank plastik kartochkalaridan foydalangan holda hisob-kitob tizimini rivojlantirishni rag‘batlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori bu borada muhim dasturilamal bo‘layotir.

Aholi bo‘sh pul mablag‘larini banklarga jalb etish, bank infratuzilmasini yaxshilash, kommunal to‘lovlar va boshqa xizmatlar bo‘yicha to‘lovlarni qabul qilish uchun qulay sharoit yaratish, naqd pul tushumlarining bank kassalariga to‘liq tushishini ta’minlash maqsadida joylarda 2 ming 400 dan ortiq mini-bank va maxsus kassalar faoliyat yuritmoqda.

Banklar tomonidan 14 millionga yaqin plastik kartochka muomalaga chiqarilgan bo‘lib, 163 mingdan ziyod chakana savdo va xizmat ko‘rsatish korxonasi to‘lov terminallari bilan ta’minlandi. To‘lov terminallarini chekka hududlardagi chakana savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlariga ham o‘rnatish, eskilarini yangisi bilan almashtirish doimiy e’tiborda. Aholi gavjum joylarda 2 mingga yaqin infokiosk va bankomatlar o‘rnatildi.

Elektron hamyon infratuzilmasining kengayib borishidan yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar ham manfaat topmoqda. 73 mingdan ortiq tadbirkorlik tuzilmasi o‘zlarining ichki xo‘jalik ehtiyojlari uchun tovar va xizmatlarni sotib olish hamda xizmat safari xarajatlari bo‘yicha tezkor hisob-kitoblarni shu usulda amalga oshirmoqda. Korporativ kartalar xo‘jalik subyektlariga dam olish kunlari yoki bank ish kunidan tashqari paytda ham terminallar orqali to‘lovlarni amalga oshirish imkonini beradi.

Markaziy bankda “Chakana to‘lovlarni real vaqt rejimida amalga oshirish kliring tizimini yaratish hamda xizmat ko‘rsatuvchilarning billing tizimi bilan integrallashuvi” loyihasi amalga oshirilmoqda. Unga ko‘ra, kliring tizimi bilan Davlat soliq qo‘mitasi axborot tizimi, “O‘zbekenergo” va “O‘ztransgaz” aksiyadorlik kompaniyalari, “Beeline” mobil aloqa operatorining billing tizimlari integratsiya qilinib, soliq va boshqa majburiy to‘lovlar, elektr va gaz iste’moli bo‘yicha to‘lovlarni real vaqt rejimida amalga oshirish imkoniyati yaratildi.

 

Manba:www.uza.uz
BRB
O'xshash yangiliklar
Kapitalbank Uzcard versiyasiga ko'ra korporativ biznesni rivojlantirish bo'yicha yetakchiga aylandi

25.10.2024

Kapitalbank Uzcard versiyasiga ko'ra korporativ biznesni rivojlantirish bo'yicha yetakchiga aylandi

Plum Tech UZCARD EXPO 2024 da: moliyaviy imkoniyatlarni o‘zgartiruvchi texnologiyalar

24.10.2024

Plum Tech UZCARD EXPO 2024 da: moliyaviy imkoniyatlarni o‘zgartiruvchi texnologiyalar

ATTO EXPO 2024 UZCARDda: Transport kartalaridan foydalanish bo‘yicha yechimlarni namoyishi

24.10.2024

ATTO EXPO 2024 UZCARDda: Transport kartalaridan foydalanish bo‘yicha yechimlarni namoyishi



Orphus tizimi