Kapitalbank Uzcard versiyasiga ko'ra korporativ biznesni rivojlantirish bo'yicha yetakchiga aylandi Batafsil

Elektron hamyon – qulay va foydali

29.04.2010
29.04.2010

    Mamlakatimizda pul muomalasi tizimini takomillashtirish, naqd pulsiz hisob-kitoblarni rivojlantirishni rag‘batlantirish va bankdan tashqari naqd pul aylanmasini qisqartirish, aholining bank plastik kartochkalaridan foydalangan holda to‘lovlarni amalga oshirishi uchun qulay shart-sharoit yaratish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
    Prezidentimiz Islom Karimovning shu yil 19 aprelda qabul qilingan “Bank plastik kartochkalaridan foydalangan holda hisob-kitob tizimini rivojlantirishni rag‘batlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida“gi qarori bunda muhim dasturilamal bo‘lmoqda.
    O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va tijorat banklari tomonidan ushbu hujjatda belgilangan vazifalar ijrosini izchil ta’minlash yuzasidan muayyan ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, plastik kartochkalar, hisob-kitob terminallari, bankomatlar va boshqa maxsus jihozlarni yuqori darajada himoya qilish bo‘yicha belgilangan talablarga rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha, plastik kartochkalardan foydalanish orqali naqd pulsiz to‘lovlarni amalga oshirishda soxtalashtirish hamda firibgarliklarni istisno etadigan qo‘shimcha chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.
    Qarorga asosan belgilangan tartibda tegishli savdo va xizmat ko‘rsatish, ishlab chiqaruvchi korxonalarga soliq va bojxona to‘lovlarni to‘lashda berilgan imtiyozlarning amal qilish muddati 2012 yilning 1 yanvarigacha uzaytirildi. Bank plastik kartochkalaridan to‘lovlar qabul qilish bo‘yicha hisob-kitob terminallari bilan jihozlanishi shart bo‘lgan chakana savdo hamda xizmat ko‘rsatish sohasi obyektlari ro‘yxati kengaytirildi.
    Aholiga qulaylik yaratish maqsadida amalga oshirilayotgan bunday chora-tadbirlar to‘lovlar uchun hisob-kitoblarni plastik kartochkalar orqali amalga oshirish tizimi va undan foydalanish ko‘lami yanada ortishiga xizmat qilmoqda. Muomaladagi plastik kartochkalar soni tobora ko‘paymoqda, qishloqlarda plastik kartochka orqali hisob-kitob qilish uchun zarur sharoit yaratilmoqda. Aholining ushbu to‘lov vositasiga bo‘lgan qiziqishi, uning qulay va foydali ekanligiga ishonchi ortmoqda.
    Ochiq aksiyadorlik-tijorat “Mikrokreditbank“ning plastik kartochkalar emissiyasi va hisob-kitoblarni tashkil etish boshqarmasi boshlig‘i Otabek Mirsoatovning aytishicha, ayni kungacha mazkur bank tomonidan muomalaga chiqarilgan plastik kartochkalar qariyb 180 mingga, joylarda o‘rnatilgan terminallar soni esa 3722 donaga yetgan. O‘tgan yilning shu davridagiga taqqoslanganda, plastik kartochkalar soni 25 foiz, terminallar 180 foiz o‘sgan.
    “Mikrokreditbank“ning asosiy terminallari savdo shoxobchalariga, bank filial va jamg‘arma kassalari hamda mini-banklariga o‘rnatilgan. Qolgan qismi turg‘un savdo tashkilotlari, avtomobillarga yonilg‘i quyish hamda boshqa pullik xizmat ko‘rsatish shoxobchalariga qo‘yilgan. 2011 yilga qadar joylarga mazkur bankning 2181 terminali o‘rnatilishi rejalashtirilgan. Uning 72 foizi qishloq joylardagi savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlaridan o‘rin oladi.
    Plastik kartochka egalarining hisob raqamidagi qoldiq summaga Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasidan kam bo‘lmagan miqdorda foiz to‘lanadi. “Mikrokreditbank“da joriy yilning 1 aprel holatiga ko‘ra, bank tomonidan jismoniy shaxslarning plastik kartochkalaridagi qoldiq summaga 418 million so‘m foiz daromad to‘langani buning dalilidir.
    Ma’lumotlarga ko‘ra, shu yilning o‘tgan uch oyida “Mikrokreditbank” plastik kartochkalari hisob raqamlariga qariyb 56 milliard so‘m o‘tkazilgan. Bu 2009 yilning shu davridagidan to‘rt baravar ko‘pdir. Bankning 63 foiz plastik kartochkasi turli mulkchilik shaklidagi xo‘jalik yurituvchi subyektlar hissasiga to‘g‘ri keladi.
    2009 yilda xalqaro to‘lov tizimiga a’zo bo‘lgan “Mikrokreditbank“da ayni kunlarda xalqaro to‘lov kartochkalarini muomalaga chiqarish, mijozlarga qo‘shimcha qulayliklar yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
 
O‘zA, O'zbekiston Milliy axborot agentligi
MKBank “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 5-maydagi “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat bankini tashkil etish toʼgʼrisida”gi PF-3750-sonli Farmoni asosida tashkil etildi.Bank xalqaro moliyaviy institutlar hamda chet el tijorat banklari bilan hamkorlik aloqalarini oʼrnatgan.
O'xshash yangiliklar
Kapitalbank Uzcard versiyasiga ko'ra korporativ biznesni rivojlantirish bo'yicha yetakchiga aylandi

25.10.2024

Kapitalbank Uzcard versiyasiga ko'ra korporativ biznesni rivojlantirish bo'yicha yetakchiga aylandi

Plum Tech UZCARD EXPO 2024 da: moliyaviy imkoniyatlarni o‘zgartiruvchi texnologiyalar

24.10.2024

Plum Tech UZCARD EXPO 2024 da: moliyaviy imkoniyatlarni o‘zgartiruvchi texnologiyalar

ATTO EXPO 2024 UZCARDda: Transport kartalaridan foydalanish bo‘yicha yechimlarni namoyishi

24.10.2024

ATTO EXPO 2024 UZCARDda: Transport kartalaridan foydalanish bo‘yicha yechimlarni namoyishi



Orphus tizimi