Hamkorbankdan mijozlar uchun telegram bot

24.03.2021
Kutib oling, @hamkorbank_online_bot Telegram-boti - turli vaziyatlarda sizning yangi, ishonchli yordamchingiz.

Uning ko‘magida jismoniy shaxslar quyidagi amaliyotlarni amalga oshira oladilar: 
  • kartadan kartaga pul o‘tkazish;
  • Hamkorbank'da rasmiylashtirilgan kreditlarni so‘ndirish;
  • uyali aloqa operatorlari xizmatlari to‘lovlarini bajarish;
  • bank tomonidan taqdim etilayotgan chakana mahsulotlar va xizmatlar to‘g‘risida ma’lumot olish.
  
Yuridik shaxslar esa bank taqdim etayotgan barcha mahsulot va xizmatlar to‘g‘risida ma’lumot olishlari mumkin. 

Bot yordamida, Telegram messenjeridan chiqmagan holda, bank bilan onlayn-maslahatchi orqali bemalol muloqot qilsangiz bo‘ladi. 

Bankning eng yaqin ofisi yoki bankomat qidirmoqdamisiz? Bot uni siz uchun aniqlab, xaritada yetib borish yo‘nalishini ko‘rsatib beradi. 

Botni rivojlantirishda va yangi imkoniyatlarni qo‘shishda davom etamiz va yangiliklarni sizga yetkazib boramiz. 

Hamkorbank - 30 yil Siz bilan birga!
Hamkorbank Chet el kapitali ishtirokidagi "Hamkorbank" aksiyadorlik tijorat banki O‘zbekiston Respublikasi bank xizmatlari bozorida 1991 yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. Bank 28 yil ichida Respublikaning barcha ma’muriy mintaqalarini qamrab olgan keng tarqalgan filiallar tarmogʻini shakllantirdi.
Manba: Hamkorbank
O'xshash yangiliklar
Central Asian Fintech Association (CAFA) Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan menejerlar va IT yetakchilari uchun eng muhim tadbirlardan biri — Manager’s Conference 2026 tadbirining hamkori va ishtirokchisi sifatida qatnashadi

13.05.2026

Janubiy Koreyadan pul o‘tkazmalari yanada qulaylashdi: Octobank HUMO kartalariga E9PAY uladi

05.05.2026

Janubiy Koreyadan pul o‘tkazmalari yanada qulaylashdi: Octobank HUMO kartalariga E9PAY uladi

Qashqadaryo: ANORBANK 150 nafar maktab o‘quvchilari uchun moliyaviy savodxonlik darslarini o‘tkazdi

24.04.2026

Qashqadaryo: ANORBANK 150 nafar maktab o‘quvchilari uchun moliyaviy savodxonlik darslarini o‘tkazdi

Orphus tizimi