JET: Endi komissiyasiz kartadan kartaga 57 mln so'mgacha o'tkazish mumkin Batafsil

ENDI HAMMASI BIR JOYDA!

07.05.2020
ENDI HAMMASI BIR JOYDA!Oʻzsanoatqurilishbank tomonidan JOYDA deb nomlangan yangi mobil ilova ishga tushirildi. Ilova odatdagi mobil ilovadan farq qilib, u bank xizmatlari bilan bir qatorda savdo tashkilotlarini oʻzida birlashtirgan unikal platforma hamdir. – Biz bugungi kun mobil ilova foydalanuvchilari talabiga monand yorqin va qiziqarli mahsulot yaratishga harakat qildik, – deydi Bank Boshqaruv Raisi oʻrinbosari Ulugʻbek Tavakkalov. – JOYDA – yangi avlod vakillari tiliga mos, yengil uslub va zamonaviy dizayn bilan taqdim etilmoqda. Ilova nomi ham bank xizmatlari, ham tovar va mahsulotlar xaridi bir joyda ekanligini ifodalaydi. Yaʼni, endilikda mijoz JOYDA ilovasi marketpleysidagi istalgan tovarni hech qanday hujjatlarsiz xarid qilib, pulini boʻlib toʻlash imkoniga ega boʻladi. Bunda bank krediti onlayn rasmiylashtirilib, tovarlar koʻrsatilgan manzilga bir ish kuni ichida bepul yetkazib beriladi. Eʼtiborlisi, mazkur xizmatdan barcha tijorat banklari mijozlari foydalanishlari mumkin. Ilova orqali amalga oshiriladigan har bir xarid uchun Bank alohida sovgʻa – Visa Gold kartasi va mahsulot sugʻurtasini ham vaʼda qilmoqda. Taʼkidlanganidek, yangi ilovada anʼanaviy bank xizmatlari saqlab qolingan.  Onlayn omonatlarni rasmiylashtirish, plastik kartadagi pul mablagʻlarini boshqarish, uni zarur holatda tezda blokka tushirish, kartalararo oʻtkazmalarni amalga oshirish (bunda, Oʻzsanoatqurilishbank kartalari oʻrtasidagi oʻtkazmalar uchun komissiya toʻlovi – 0%, boshqa banklarning kartalariga esa – 0,5%) shular jumlasidandir. Ilovada maxsus chat orqali xabar yuborish imkoni ham mavjuddir.Eslatib oʻtamiz, hozircha ilova orqali sotib olingan tovarlarni yetkazib berish xizmati faqat Toshkent shahri boʻyicha amalga oshiriladi. JOYDA ilovasi Google Play va AppStore orqali ham Android, ham iPhone telefonlariga yuklanadi.Xizmat haqida batafsil maʼlumotni @sqbsupportʻga yozib yoki  +998-71-200-43-43 raqamiga qoʻngʻiroq qilgan holda olishingiz mumkin.
O‘zsanoatqurilishbank “O’zsanoatqurilishbank” ATB O’zbеkiston Rеspublikasidagi eng boy tarixga ega moliya muassasalaridan biri sanaladi. Uning tarixi Toshkеntda Sanoatbankning O’rta Osiyo idorasi ochilgan vaqtdan, ya'ni 1922 yildan boshlanadi.
O'xshash yangiliklar
Kapitalbank Top EmployersInstitute talqini bo‘yicha O‘zbekistonning eng yaxshi ish beruvchisi maqomini yana bir bor tasdiqladi

07.07.2025

Kapitalbank Top EmployersInstitute talqini bo‘yicha O‘zbekistonning eng yaxshi ish beruvchisi maqomini yana bir bor tasdiqladi

SQB mahalla bankiri — eng muhim paytda yoningizda

03.07.2025

SQB mahalla bankiri — eng muhim paytda yoningizda

SQB Insurance aksiyasi: Yozgi imkoniyatlarni qo‘ldan boy bermang!

03.07.2025

SQB Insurance aksiyasi: Yozgi imkoniyatlarni qo‘ldan boy bermang!



Orphus tizimi