JET: Qaysi banklarda kartani bepul olish mumkin? Batafsil

Endi jismoniy shaxslarga kreditlar ajratish yanada osonlashdi

10.06.2020
10.06.2020  Mikrokreditbank tomonidan mijozlarga chakana kreditlar ajratishda ularni ovoragarchiliksiz va qisqa fursatda kredit ajratish, uning kreditga layoqatliligini oʼrgangan holda tahlil qilish va Аnderrayterlar orqali kredit ajratish Skoring moduli ishlab chiqildi.    Аvval fuqaro kredit olishi uchun bankka bir nechta hujjat taqdim etishi va bir necha marotaba bankka tashrif buyurishi kerak edi.      Endi hammasi oʼzgardi.      Shiddat bilan oʼzgarayotgan bugungi kunga hamnafas boʼlish uchun, Mikrokreditbank tomonidan Аnderrayter tizimi amaliyotga joriy qilindi. Unga koʼra, fuqaro bankka faqatgina pasporti bilan tashrif buyuradi, qolgan xujjatlar yaʼni ish haqi va kredit tarixi toʼgʼrisidagi maʼlumotlarni bank xodimi tegishli baza orqali (Аnderrayter) oladi. Ushbu xodimning oʼzi kredit ajratish boʼyicha qaror qabul qilib 1 soat ichida fuqaroga kredit ajratadi. Bu oʼz navbatida fuqaroni ham vaqtini ham naqdini tejash bilan birga ortiqcha ovorgarchiliklariga chek qoʼyadi.      Mikrokreditbank tizimiga zamonaviy texnologiyalarni qoʼllagan holda xizmat sifatini yaxshilash borasidagi ishlarini izchil davom ettiradi.
MKBank “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 5-maydagi “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat bankini tashkil etish toʼgʼrisida”gi PF-3750-sonli Farmoni asosida tashkil etildi.Bank xalqaro moliyaviy institutlar hamda chet el tijorat banklari bilan hamkorlik aloqalarini oʼrnatgan.
O'xshash yangiliklar
So‘m ichki va tashqi omillarga vaqtincha yon berdi

22.01.2026

So‘m ichki va tashqi omillarga vaqtincha yon berdi

So‘mning mavqei barqaror saqlanib qolmoqda

15.01.2026

So‘mning mavqei barqaror saqlanib qolmoqda

So‘m yilni ijobiy natijalar bilan boshladi

09.01.2026

So‘m yilni ijobiy natijalar bilan boshladi



Orphus tizimi