Endi UzCard kartalaridagi pullarni so‘mli Visa’ga masofadan o‘tkazish mumkin

30.10.2018
Endi UzCard kartalaridagi pullarni so‘mli Visa’ga masofadan o‘tkazish mumkin“O‘zsanoatqurilishbank” o‘z mijozlariga so‘mli Visa plastik kartalari hisobini UzCard kartasidagi mablag‘lar hisobidan to‘ldirish imkoniyatini yaratdi.  Buning uchun Siz “O‘zsanoatqurilishbank” tomonidan chiqarilgan shu turdagi plastik kartalarga ega bo‘lishingiz hamda “UzPSB Mobile” mobil ilovasini telefongizga yuklab olishingiz kifoya. “O‘zsanoatqurilishbank” so‘mli Visa kartalari bilan Siz dunyoning istalgan mamlakatida oldi-sotdi qilishingiz, internet do‘konlardan xaridlar amalga oshirishingiz mumkin. Bunda milliy valyutadagi mablag‘ingiz chet el valyutasiga avtomatik ravishda konvertatsiya qilinadi. O‘zbekistonda birinchi bo‘lib “O‘zsanoatqurilishbank” tomonidan joriy qilingan yangi xizmatdan sutkaning istalgan vaqtida, dunyoning istalgan joyida foydalanishingiz mumkin. Mablag‘ miqdori chegaralanmagan.
O‘zsanoatqurilishbank “O’zsanoatqurilishbank” ATB O’zbеkiston Rеspublikasidagi eng boy tarixga ega moliya muassasalaridan biri sanaladi. Uning tarixi Toshkеntda Sanoatbankning O’rta Osiyo idorasi ochilgan vaqtdan, ya'ni 1922 yildan boshlanadi.

QQS to'lovchining ro'yxatdan o'tish kodi:   326030011774

MFO: 00440    
O'xshash yangiliklar
Octobank 2026-yilning I-choragi natijalari: barqaror o‘sish va ijtimoiy tashabbuslarga e’tibor

16.04.2026

Octobank 2026-yilning I-choragi natijalari: barqaror o‘sish va ijtimoiy tashabbuslarga e’tibor

Tenge Bank Central Asian Fintech Association (CAFA) a’zoligiga qo‘shildi

13.04.2026

Tenge Bank Central Asian Fintech Association (CAFA) a’zoligiga qo‘shildi

Uzum Bank Global Finance talqini bo‘yicha O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb topildi

07.04.2026

Uzum Bank Global Finance talqini bo‘yicha O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb topildi



Orphus tizimi