Energiya samaradorligi - korxona istiqboli

02.04.2021
“Hamkorbank” ATB Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki bilan hamkorlikda “Sanoat korxonalarining energiya samaradorligini oshirish” loyihasi doirasida davlat kafolati ostida 25 mln. AQSh dollari miqdoridagi shartnomani imzolagan. Ushbu loyixa doirasida 4 nafar mijozning energiya samaradorligini oshirishga qaratilgan loyihalari uchun 5,8 mln AQSh dollari miqdorida kreditlar mablag‘lari ajratilgan.
Kredit mablag‘larining ushbu tarmoqqa yo‘naltirilishi natijasida 20,0 foiz miqdorida energiya tejalishiga erishildi. Ushbu muhim yirik loyihalarning amaliyotga joriy etilishi 100 dan ortiq yangi ish o‘rinlarining yaratilishiga xizmat qildi. Har ikki tomonning shartnoma majburiyatlarini o‘z vaqtida sifatli bajarishi hisobiga e’tiborga molik natijalarga erishildi.
Bugungi kunda “Sanoat korxonalarining energiya samaradorligini oshirish” loyihasi hisobidan ajratilgan kreditlar mijozlar tomonidan belgilangan jadval asosida qaytarilgan. Muddati o‘tgan kredit qarzdorliklar mavjud emas.
Hamkorbank Chet el kapitali ishtirokidagi "Hamkorbank" aksiyadorlik tijorat banki O‘zbekiston Respublikasi bank xizmatlari bozorida 1991 yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. Bank 28 yil ichida Respublikaning barcha ma’muriy mintaqalarini qamrab olgan keng tarqalgan filiallar tarmogʻini shakllantirdi.
Manba: Hamkorbank
O'xshash yangiliklar
Central Asian Fintech Association (CAFA) Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan menejerlar va IT yetakchilari uchun eng muhim tadbirlardan biri — Manager’s Conference 2026 tadbirining hamkori va ishtirokchisi sifatida qatnashadi

13.05.2026

Janubiy Koreyadan pul o‘tkazmalari yanada qulaylashdi: Octobank HUMO kartalariga E9PAY uladi

05.05.2026

Janubiy Koreyadan pul o‘tkazmalari yanada qulaylashdi: Octobank HUMO kartalariga E9PAY uladi

Qashqadaryo: ANORBANK 150 nafar maktab o‘quvchilari uchun moliyaviy savodxonlik darslarini o‘tkazdi

24.04.2026

Qashqadaryo: ANORBANK 150 nafar maktab o‘quvchilari uchun moliyaviy savodxonlik darslarini o‘tkazdi

Orphus tizimi