JET: O'zbekistonda eng manfaatli kredit kartasini qaysi bank taklif qiladi? Batafsil

ENG YAXSHI BANKLAR TAQDIRLANDI

30.01.2013
30.01.2013     O'zbekiston banklar assotsiatsiyasida 2012 yil yakunlariga ko'ra aholi omonatlarini jalb qilish bo'yicha tanlov g'oliblarini tantanali taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi. Tadbir Prezidentimizning “Aholining omonatlarini jalb qilish bo'yicha respublika tijorat banklari o'rtasida tanlov o'tkazish to'g'risida”gi qaroriga muvofiq tashkil etildi.     Mazkur taqdirlash marosimi O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo'mitasi, O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki, O'zbekiston banklari Assotsiatsiyasi, Fuqarolarning banklardagi omonatlarini kafolatlash jamg'armasi va tijorat banklarining rahbarlari ishtirokida tantanali muhitda o'tkazildi.     Tanlov aholining bo'sh pul mablag'larini banklardagi omonatlarga jalb qilishda tijorat banklarini rahbatlantirish va ular faoliyatini kuchaytirish, banklarning investitsion imkoniyatlarini yanada kengaytirish uchun ularning resurs bazalarini mustaqkamlash, omonatlar turlarini kengaytirish, bu sohada sog'lom raqobat muhitini shakllantirish, ilg'or tajribalarni keng joriy etish, shuningdek aholiga ko'rsatilayotgan bank-moliya xizmatlari sifatini yanada oshirish maqsadida o'tkazilmoqda.     Ma'lumki, so'nggi paytda tijorat banklari aholi omonatlarini jalb qilishni rag'batlantirish borasidagi faoliyatlarini yanada jadallashtirdi, bank xizmatlari to'g'risida aholining xabardorlilik darajasi oshdi hamda ko'plab yangi omonat turlari joriy etildi. Omonat hisobvaraqlariga qo'yiladigan mablaqlar barcha turdagi soliqlardan ozod qilingan bo'lib, ularning manbalari deklaratsiya qilinmaydi hamda ushbu mablag'larni omonatchilar cheklovlarsiz tasarruf etadilar.     Shuni alohida ta'kidlash joizki, bunda mamlakatimiz rahbarining «Fuqarolarning O'zbekiston Respublikasi tijorat banklaridagi omonatlarini himoyalash kafolatlarini ta'minlashga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to' g'risida»gi farmoni muhim o'rin tutdi. Unga ko'ra, omonatlar miqdoridan qat'i nazar, fuqarolarning tijorat banklari depozit hisobvaraqlaridagi omonatlari to'la hajmda qoplab berilishi kafolatlanadi.     Tanlovning umumiy natijalariga ko'ra, «Mikrokreditbank» ochiq aksiyadorlik-tijorat banki “Aholi uchun eng yaxshi innovatsion mahsulot” nominatsiyasida g'olib deb e'tirof etildi.     Shuningdek, “Mikrokreditbank”ning Navoiy viloyati filiali Amaliyoti bo'limi “Shaharlarda aholi omonatlarini jalb qilish bo'yicha yilning eng yaxshi filiali” nominatsiyasida uchinchi o'rin, hamda “Mikrokeditbank”ning Navoiy viloyati Karmana filiali "Xazora" mini-banki “qishloq joylarda aholi omonatlarini jalb qilish bo'yicha yilning eng yaxshi mini-banki” nominatsiyasida birinchi o'rin deb topildi.
MKBank “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 5-maydagi “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat bankini tashkil etish toʼgʼrisida”gi PF-3750-sonli Farmoni asosida tashkil etildi.Bank xalqaro moliyaviy institutlar hamda chet el tijorat banklari bilan hamkorlik aloqalarini oʼrnatgan.
O'xshash yangiliklar
Uzum Bank ilovasi foydalanuvchilari endi telefon raqami orqali pul oʻtkazishlari mumkin
Uzum Bank ilovasi foydalanuvchilari endi telefon raqami orqali pul oʻtkazishlari mumkin

Jamoangizga Push30 bilan investitsiya qiling

24.12.2024

Jamoangizga Push30 bilan investitsiya qiling

Uzum Bank va Visa plastik debet kartalarni ishga tushirdi

19.12.2024

Uzum Bank va Visa plastik debet kartalarni ishga tushirdi



Orphus tizimi