Filiallarning ish vaqti haqida

20.03.2025
Hurmatli mijozlar, 21- va 22-mart kunlari bayram dam olish kunlari munosabati bilan bankning filiallari va bo‘limlari yopiq bo’ladi. 24-martdan boshlab bank o‘z faoliyatini odatdagi tartibda davom ettiradi. Kapitalbank ilovasida quyidagi bank xizmatlari mavjud:Kreditlarni so‘ndirish Xizmatlar uchun to‘lovlar Pul o‘tkazmalari Omonat va hisobvaraqlar ochish Kapitalbankga tegishli bankomatlar 24 soat ishlaydi, ular orqali quyidagi xizmatlar ko‘rsatiladi:Humo, Uzcard, Visa, Mastercard va UnionPay plastik kartalariga xizmat ko‘rsatiladi; Kartalardagi mablag‘larni milliy valyutada naqdlashtirish mumkin; Kartani so‘mda ham, AQSH dollarida ham to‘ldirish mumkin; Kapitalbank bankomatlari orqali valyuta ayirboshlash xizmati ham ko‘rsatiladi; Yuridik shaxslar bankomatlar orqali milliy valyutada o‘z hisobvaraqlarini to‘ldirish (inkassatsiya qilish) imkoniyatiga ega; Kreditlarni naqd pul bilan to‘lash Bank veb-sayti:Ro‘yxatdan o‘tmasdan har qanday bank kartalari orqali kreditlarni to‘lash To‘lov kartalari orqali xarid qilish odatdagi tartibda amalga oshirilmoqda. Bizning aloqa markazimiz 1340 qisqa telefon raqami orqali 24/7 rejimida faoliyat ko‘rsatmoqda.
Kapitalbank Kapitalbank aksiyadorlik tijorat banki 2001-yilda tashkil topgan. Faoliyat ko‘rsatishni boshlagandan buyon bank jadal sur'atlarda rivojlandi. Korporativ mijozlarga xizmat ko‘rsatish sohasi bilan bir qatorda chakana segmentda ham yuqori o‘sish sur'atlariga erishdi. Hozirda Kapitalbank ATB O‘zbekistonning eng yirik tijorat banklaridan biri, universal va ishonchli moliya instituti hisoblanadi. Bank to‘liq hajmda yuqori sifatli zamonaviy bank xizmatlarini ko‘rsatadi, o‘z mijozlari va sheriklarining barcha ehtiyoj va xohish-istaklarini imkon qadar qoniqtirishga intiladi.
Manba: Kapitalbank
O'xshash yangiliklar
Qashqadaryo: ANORBANK 150 nafar maktab o‘quvchilari uchun moliyaviy savodxonlik darslarini o‘tkazdi

24.04.2026

Qashqadaryo: ANORBANK 150 nafar maktab o‘quvchilari uchun moliyaviy savodxonlik darslarini o‘tkazdi

Tashkent City’da Asterium kriptoekotizimining flagman ofisi ochildi. U xavfsizlik, shaffoflik va premial foydalanuvchi tajribasiga urg‘u berilgan yangi makondir.

23.04.2026

Tashkent City’da Asterium kriptoekotizimining flagman ofisi ochildi. U xavfsizlik, shaffoflik va premial foydalanuvchi tajribasiga urg‘u berilgan yangi makondir.

Biznes — bu to'g'ri qarorlar va ishonchli hamkorlik

23.04.2026

Biznes — bu to'g'ri qarorlar va ishonchli hamkorlik



Orphus tizimi