JET: Qaysi bankda birlamchi bozor uchun eng kam foizli ipoteka kreditlari mavjud? Batafsil

FinTech va Bank forumi (FIBA) 2025 20-oktyabr kuni Toshkentda bo‘lib o‘tadi

13.10.2025
Toshkent, O‘zbekiston - FinTech O‘zbekiston uyushmasi bank va moliya sohasi vakillari, ekspertlar, tadbirkorlar va raqamli innovatsiyalarga qiziquvchi barchani 20-oktyabr kuni Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasida bo‘lib o‘tadigan FinTech va Bank forumi (FIBA) 2025 ga taklif etadi.

Forum O‘zbekiston Markaziy banki va Istiqbolli loyihalar milliy agentligi ko‘magida o‘tkazilmoqda.

Ro‘yxatdan o‘tish quyidagi saytda ochilgan: www.fiba360.uz

Tadbir doirasida yetakchi kompaniyalar rahbarlari va ekspertlari so‘zga chiqib, moliyaviy texnologiyalar va bank transformatsiyalari kelajagi haqida o‘z qarashlari bilan o‘rtoqlashadilar.

Forum homiylari:
Pasha Pay, OneSec, Alif, Alphacon, Flametree, Asterium, Formica AI.

- - - - -

Sizni FIBA 2025 da nimalar kutmoqda:

Yalpi sessiyalar - FinTech, raqamli platformalar va banklar transformatsiyasi sohasidagi asosiy tendensiyalarni muhokama qilish;

Vorkshop zonalari - soha mutaxassislarining innovatsion texnologiyalari va real keyslari bilan chuqur tanishish imkoniyati;

Ko‘rgazma zonasi - mintaqadagi eng dinamik va innovatsion FinTech kompaniyalarining taqdimotlari;

FinTech & Digital Transformation Awards 2025 taqdirlash marosimi - sohaning eng yaxshi innovatorlari va yetakchilarini e’tirof etish.
O'xshash yangiliklar
Uznetix Invest - investitsiya orqali pul ishlash haqida kurs

05.11.2025

Uznetix Invest - investitsiya orqali pul ishlash haqida kurs

Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?

17.10.2025

Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?

Octobank — TAF!25 versiyasi bo‘yicha onlayn biznes uchun raqamli yechimlarni yaratish yetakchisi

13.10.2025

Octobank — TAF!25 versiyasi bo‘yicha onlayn biznes uchun raqamli yechimlarni yaratish yetakchisi



Orphus tizimi