JET: Endi komissiyasiz kartadan kartaga 72 mln so'mgacha o'tkazish mumkin Batafsil

Firibgarlar odamlarni aldash uchun sun’iy intellektni qanday qo‘llashadi

13.03.2025
Octobank eng keng tarqalgan firibgarlar tomonidan aldov usullari haqida so‘zlab beruvchi, ularning alomatlarini tanishni o‘rgatadigan hamda moliyaviy va shaxsiy ma’lumotlaringizni qanday himoya qilish bo‘yicha amaliy maslahatlar beradigan materiallar turkumini ishga tushirmoqda. Hushyor bo‘ling - aldanib qolmang.


Firibgarlar bank mijozlarini aldash uchun sun’iy intellektdan foydalanishmoqda


1. Telegram-akkauntni o‘zlashtirib olish

— Firibgarlar .apk kengaytmasi va foydalanuvchini ularni ochishga undashi mumkin bo‘lgan iboralar yozilgan fayllarni yuboradilar. Ko‘pincha bu "Salom, suratdagi senmisan?" degan matnli xabar. Stiller-virus (zararli dasturiy ta’minot) firibgarlarga qurilmaga, shu jumladan SMS xabarlarga, qo‘ng‘iroqlar, kontaktlar, galereya va boshqa ta’sirchan ma’lumotlarga to‘liq kirish imkonini beradi, bu esa foydalanuvchini hamda uning bank va boshqa ilovalarini keyinchalik komprometatsiya qilishga imkon beradi.

— Qurilma muvaffaqiyatli komprometatsiya qilingandan so‘ng, buzg‘unchilar chatlar va barcha ovozli xabarlarga kirish huquqiga ega bo‘ladilar, jabrlanuvchining akkauntiga kirish uchun buzg‘unchilar bulutli parolni o‘rnatadilar va qurbonning barcha faol seanslarini yakunlaydilar. 

2. Qalbaki ovoz yaratish

— Ovozli xabarlar yozuvlarini olgandan so‘ng, firibgarlar sun’iy intellektdan foydalanib, jabrlanuvchining ohanglari va nutq uslubini taqlid qiluvchi soxta ovozni yaratadilar.

3. Jabrlanuvchining qarindosh va do‘stlarini aldash

— Firibgarlar jabrlanuvchining qarindoshlari yoki do‘stlariga qo‘ng‘iroq qiladi yoki Telegramda xabar yozadi.

— Oldindan tayyorlangan ovozli iboralardan foydalanadilar, masalan: "Menga shoshilinch pul kerak, yordam qiling" yoki "Muammoga duch keldim, mana shu hisob raqamiga pul o‘tkazing".

— Avvalgi yozishmalarni tahlil qilish orqali muloqot uslubini hisobga oladi.

4. Soxta video qo‘ng‘iroqlar

— Yuqori darajali firibgarlar real vaqt rejimida dipfeyklardan foydalanib, jabrlanuvchining oldin chatda yozilgan yuzi va ovozli xabarlarini sinxronlashi mumkin.

— Messenjerlarda qalbaki video qo‘ng‘iroqlar paydo bo‘lmoqda. Ularda sun’iy intellekt oldindan yozib olingan iboralarga mos ravishda lab harakatlarini va yuz ifodalarini moslashtirmoqda.

Sun’iy intellekt firibgarligidan qanday himoyalanish mumkin

— Ovozli xabarlar va qo‘ng‘iroqlarga e’tiborli bo‘ling: agar sizdan zudlik bilan pul o‘tkazish so‘ralsa, albatta ma’lumotlarni qayta tekshiring.

— Telegramda ikki bosqichli autentifikatsiyani sozlang va murakkab parollardan foydalaning.

— Notanish manbalardan fayl va ilovalarni yuklab olmang, hatto ularni do‘stingiz yuborgan bo‘lsa ham.

— Bank va yaqinlaringizning rasmiy kontaktlarini saqlab qo‘ying va pul yuborishdan oldin raqamlar va ma’lumotlarni solishtiring.

— Ovoz va muloqot uslubini tekshiring: agar sizga "tanish" inson yozsa yoki qo‘ng‘iroq qilsa, lekin sizga xos bo‘lmagan iboralarni aytsa yoki o‘zini g‘alati tutsa, bu firibgar bo‘lishi mumkin..


Bu Octobankdan firibgarlik haqida tayyorlangan materiallar turkumidagi sxemalardan biri hisoblanadi. Keyingi nashrlarida Bank firibgarlikning boshqa usullarini tahlil qiladi, firibgarlarni dastlabki bosqichdayoq qanday aniqlash mumkinligini tushuntiradi va o‘zingizni moliyaviy yo‘qotishlardan qanday himoya qilish yo‘llarini ko‘rsatib beradi.
Octobank

“Octobank” aksiyadorlik jamiyati 2001 yil iyun oyida asos solingan. 2001 yil 23 iyunida Bank tomonidan bank operatsiyalarini amalga oshirish huquqini beruvchi 70-sonli litsenziya olingan. 2002 yil noyabridan Bank Fuqarolarning O'zbekiston Respublikasi banklaridagi omonatlarini kafolatlash Fondi, “Toshkent” fond birjasi, hamda O'zbekiston Respublikasi Banklar assotsiatsiyasi a'zosi hisoblanadi.


Hozirgi paytda Bank asositiy e'tiborni quyidagilarga qaratmoqda:


  • Mijozlarga xizmat ko'rsatishda bir xil yondashuvga amal qilish;
  • Xizmat ko'rsatish texnologiyalarini zamonaviylashtirib borish;
  • Xizmat ko'rsatish sifatini oshirib borish;
  • Har bir mijozga alohida yondashgan holda standart texnologiyalarni tadbiq etib borish;
  • Shaxsiy menedjerlar xizmatlarini tashkil etish;
  • Mijoz bilan Bank bo'linmalari o'rtasida munosabatlarning samaradorligini oshirib borish;
  • O'zgaruvchan tarif siyosatini olib borish, mijozlar bilan hamkorlik munosabatlarini mustaxkamlash.

Bankning yaqin 5 yilga mo'ljallangan strategik rivojlanish dasturining ustivor yo'nalishlaridan biri filiallar va mini-banklar ochish orqali bank infratuzilmasini kengaytirishdan iborat.

Bank infrotuzilmasini kengaytirish dasturining amalga oshirilishi Bank faoliyati ko'lamining barqaror o'sib borishini ta'minlaydi. Bunda Bank asosiy e'tiborni kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlarini moliyalashtirishga qaratadi.



O'xshash yangiliklar
Kapitalbank 2024-yil uchun moliyaviy hisobotni e'lon qildi.

12.03.2025

Kapitalbank 2024-yil uchun moliyaviy hisobotni e'lon qildi.

Aksiyadorlik jamiyatlari xodimlariga aksiyalarni sotib olish uchun imtiyozli huquq beriladi
Aksiyadorlik jamiyatlari xodimlariga aksiyalarni sotib olish uchun imtiyozli huquq beriladi

Octobank va barqaror taraqqiyot: "Biz kelajak uchun poydevor yaratmoqdamiz"

19.02.2025

Octobank va barqaror taraqqiyot: "Biz kelajak uchun poydevor yaratmoqdamiz"



Orphus tizimi