So‘nggi paytlarda ijtimoiy tarmoqlarda fuqarolarga hizmat haqi evaziga mamlakatimizda ishlab chiqarilgan avtomobillarni xarid qilish uchun banklardan avtokrеdit olishda yordamlashuvchi vositachilik tashkilotlarining e’lonlari tеz-tеz uchrab turibdi.
Eslatib o‘tamiz "O‘zmilliybank" AJ avtokrеdit ajratish vositachilik tashkilotlari bilan xamkorlikda ishlamaydi.
Shuningdеk, qarz oluvchining daromadi yetarlicha bo‘lmagan taqdirda ham muammoni hal qilish haqidagi barcha va’dalar yolg‘ondir. "O‘zmilliybank"da qarz oluvchilarning daromadlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri Jamg‘arib boriladigan pеnsiya ta’minoti tizimi va Davlat Soliq Qo‘mitasinig ma’lumotlar bazasidan olinadi.
Shuni esda tutingki, avtomobil xarid qilish uchun avtokrеditni faqat Bankka murojaat qilish orqali xеch qanday xizmat yoki vositachilik haqisiz olishingiz mumkin. Bunday krеditlarni rasmiylashtirish maksimal darajada soddalashtirilgan va ortiqcha vaqt talab qilmaydi.
“O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” AJ 1991-yilda tashkil etilgan. Bank ta’sischilari O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi bo‘lib, bu uning barqarorligi va mamlakat iqtisodiyoti uchun ahamiyatini tasdiqlaydi.
O‘zbekiston Milliy banki O‘zbekistondagi eng yirik banklardan biri bo‘lib, aktivlari, kredit-investitsiya portfeli va omonatlari hajmi bo‘yicha bank bozorida yetakchi o‘rinni egallaydi. Bank zamonaviy xizmatlar va mahsulotlarni joriy etish, xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, jismoniy shaxslar va tashkilotlar uchun ishonchli hamda qulay moliyaviy yechimlarni ta’minlash orqali mamlakatning moliya tizimini rivojlantirishda muhim rol o‘ynaydi.
4,5 milliondan ortiq mijozlar (jismoniy shaxslar) va 164 mingdan ortiq korporativ mijozlar (yuridik shaxslar) O‘zbekiston Milliy bankiga ishonch bildiradi. www.nbu.uz
11.02.2026
Buguni kunda Xalq banki jismoniy shaxslarga quyidagi ipoteka kreditlarini taqdim etmoqda
09.02.2026
Dam olish endi yanada foydaliroq!
11.02.2026
“Omadli karta” aksiyasi — oxirgi imkoniyat! 15-fevralgacha ulgurib qoling va Hamkorbank bilan iPhone 17 Pro yutib oling!
Firibgarlardan ehtiyot bo‘ling!