JET: Qaysi banklar eng yuqori foizli valyuta omonatlarni taklif qilmoqda? Batafsil

Firibgarlarning qo‘ng‘iroqlari va xabarlarini qanday aniqlash mumkin: Octobank yo‘riqnomasi

29.07.2025

O‘zbekistondagi firibgarlar tobora ayyor bo‘lib bormoqda — endi ularning sxemasi ikki bosqichli: telefon qo‘ng‘iroqlari va messenjerlar orqali yuboriladigan xabarlar. Octobank bu sxemani qanday aniqlash va undan qanday himoyalanish haqida ma’lumot beradi. 

Sxema qanday ishlaydi

O‘zbekistonda telefon qo‘ng‘iroqlari va messenjerlardagi xabarlarni birlashtirgan firibgarlik sxemasi tarqalmoqda. Markaziy bankning so‘zlariga ko‘ra, sxema fuqarolarning raqamli savodxonligi oshishi fonida ayniqsa ommalashgan — oddiy qo‘ng‘iroqlar bilan kimnidir aldash endi qiyinroq.

1-bosqich: «operator» qo‘ng‘irog‘i

Jabrlanuvchiga o‘zini biror bir mobil aloqa operatori xodimi deb tanishtirgan shaxs qo‘ng‘iroq qiladi. Shartnomani uzaytirish bahonasida u yo‘naltiruvchi savollar berib, ma’lumotni tasdiqlashni so‘raydi. Asosiy maqsad — ishonchga kirish va keyinchalik ikkinchi bosqichga o‘tishga yordam beradigan asosiy shaxsiy ma’lumotlarni to‘plash.

2-bosqich: «Markaziy bank»dan xabarnoma

Biroz vaqt o‘tgach, jabrlanuvchi Telegramda xabar oladi. Akkaunt rasmiy ko‘rinishi uchun Markaziy bank logotipi bor. Xabarda shunday deyiladi:

  • yoki kredit ochilganligi va uni zudlik bilan "yopish" kerakligi;
  • yoki kredit allaqachon rasmiylashtirilgan va "operatsiyani yakunlash kerak, aks holda tekshiruv boshlanadi.

 

Agar foydalanuvchi shubha qila boshlasa yoki ko‘rsatmalarga amal qilishdan bosh tortsa, u firibgarlikda ishtirok etganligi uchun jinoiy javobgarlikka tortilishi bilan tahdid qilinadi. Bosimni kuchaytirish uchun buzg‘unchilar:

 

  • lex.uz portalidan JKdagi moddalarga havola qiladi;
  • shoshilinch deydi, oqibati yomon deb qo‘rqitadi.

 

Sizga firibgar qo‘ng‘iroq qilayotganini qanday aniqlash mumkin

    Bank uz — 1600 х 900 _Octobank_2.jpg


  Agar firibgar bilan gaplashayotganingizga ishonchingiz komil bo‘lsa — shunchaki go‘shakni qo‘ying. Qancha uzoq vaqt aloqada bo‘lsangiz, firibgar sizni muloqotni davom ettirishga ko‘ndirishi ehtimoli shuncha yuqori bo‘ladi. Shundan so‘ng, sizga qo‘ng‘iroq qilingan bank yoki kompaniya bilan bog‘lanib, sodir bo‘lgan voqea haqida xabar bering.


Firibgarlarning hiylalariga aldanib qolmaslik uchun eslab qoling


  1. Firibgarlar sizni chalg‘itishga urinadi — shoshiradi, qo‘rqitadi va tahdid qiladi
  2. Agar firibgar bilan gaplashayotganingizga ishonchingiz komil bo‘lsa, go‘shakni qo‘ying
  3. Begona ilovalarni o‘rnatmang
  4. Shubhali havolalarga kirmang
  5. Quyidagi ma’lumotlarni hech kimga aytmang: 
  • Kartaning amal qilish muddati
  • SMS yoki Push-xabarlardan kelgan kod
  • PIN-kod
Avvalroq Octobank — firibgarlar sun’iy intellektdan qanday foydalanayotgani, bolalar hamda keksalar bilan qanday aloqa o‘rnatib, ularni ishonchiga kirishga urinishayotgani, soxta (qalbaki) veb-saytlar orqali foydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlarini qanday qo‘lga kiritayotganlari, shuningdek, onlayn xaridlar paytida pulingizni qanday himoya qilish haqida so‘z yuritgan edi.

Octobank

“Octobank” aksiyadorlik jamiyati 2001 yil iyun oyida asos solingan. 2001 yil 23 iyunida Bank tomonidan bank operatsiyalarini amalga oshirish huquqini beruvchi 70-sonli litsenziya olingan. 2002 yil noyabridan Bank Fuqarolarning O'zbekiston Respublikasi banklaridagi omonatlarini kafolatlash Fondi, “Toshkent” fond birjasi, hamda O'zbekiston Respublikasi Banklar assotsiatsiyasi a'zosi hisoblanadi.


Hozirgi paytda Bank asosiy e'tiborni quyidagilarga qaratmoqda:


  • Mijozlarga xizmat ko'rsatishda bir xil yondashuvga amal qilish;
  • Xizmat ko'rsatish texnologiyalarini zamonaviylashtirib borish;
  • Xizmat ko'rsatish sifatini oshirib borish;
  • Har bir mijozga alohida yondoshgan holda standart texnologiyalarni tadbiq etib borish;
  • Shaxsiy menedjerlar xizmatlarini tashkil etish;
  • Mijoz bilan Bank bo'linmalari o'rtasida munosabatlarning samaradorligini oshirib borish;
  • O'zgaruvchan tarif siyosatini olib borish, mijozlar bilan hamkorlik munosabatlarini mustaxkamlash.

Bankning yaqin 5 yilga mo'ljallangan strategik rivojlanish dasturining ustivor yo'nalishlaridan biri filiallar va mini-banklar ochish orqali bank infratuzilmasini kengaytirishdan iborat.

Bank infrotuzilmasini kengaytirish dasturining amalga oshirilishi Bank faoliyati ko'lamining barqaror o'sib borishini ta'minlaydi. Bunda Bank asosiy e'tiborni kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlarini moliyalashtirishga qaratadi.



O'xshash yangiliklar
HUMO mamlakatda SUNMI to‘lov terminallarining eksklyuziv yetkazib beruvchisi deb tayinlandi

25.07.2025

HUMO mamlakatda SUNMI to‘lov terminallarining eksklyuziv yetkazib beruvchisi deb tayinlandi

Depozitni yo'qotmaslik: treyder uchun risk-menejmentning asosiy qoidalari

24.07.2025

Depozitni yo'qotmaslik: treyder uchun risk-menejmentning asosiy qoidalari

Biznes onlayn to‘lovlarni Octobank internet-ekvayeringi yordamida qanday qabul qilishi mumkin

23.07.2025

Biznes onlayn to‘lovlarni Octobank internet-ekvayeringi yordamida qanday qabul qilishi mumkin



Orphus tizimi