JET: Dollar kursini kimdir o'yin qilyaptimi yoki kurs "sakragani" normal holatmi? Batafsil

Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi

01.07.2025

Xalqaro reyting agentligi Fitch Ratings Kapitalbankning kredit reytingini "B" darajasida qayta tasdiqladi va prognozni "Barqaror"dan "Ijobiy"ga o‘zgartirdi.

Mutaxassislar mamlakat umumiy iqtisodiy o‘sishi fonida bankning mavqei mustahkamlanayotganini, shuningdek, uning moliyalashtirish va likvidlik ko‘rsatkichlari barqaror ekanligini ta’kidlamoqda.

So‘nggi to‘rt yil davomida bank yuqori daromadlilikni namoyish etdi, 2024-yilda esa Kapitalbank KO’Bni  kreditlash hajmini ikki baravarga ko‘paytirdi hamda ta’minlangan iste’mol kreditlari ulushini sezilarli darajada oshirdi. Bank biznes modelining faol transformatsiya sharoitida aktivlarning muvozanatli o‘sishi va barqaror sifatini ta’minlash maqsadida kredit xavfini baholashda konservativ yondashuvga amal qilmoqda.

Xalqaro tahlilchilarning prognozi yaxshilanishi kredit portfelini diversifikatsiya qilish, foyda va aktivlar sifatining barqaror ko‘rsatkichlarini saqlash, shuningdek O‘zbekistondagi qulay iqtisodiy vaziyat bo‘yicha izchil olib borilgan ishlar natijasi bo‘ldi. Biroq biz uchun eng muhimi - bu bank ishonchli moliyaviy hamkor bo‘lib kelgan va shunday bo‘lib qoladigan millionlab mijozlarning ishonchidir. Kapitalbank jamoasi tadbirkorlar va xususiy mijozlar uchun ilg‘or moliyaviy xizmatlarni yaratishni davom ettiradi, mamlakat bozorida o‘z mavqeini mustahkamlaydi va natijada xalqaro reytinglarda ham o‘z o‘rnini yuksaltiradi - deydi Boshqaruv raisi Kirill Mayevskiy

Kapitallashuv maqbul darajada saqlanmoqda va uning yanada mustahkamlanishi kutilmoqda. Likvidlik va omonatlar bazasi barqaror holatda.

Fitch Ratings reyting agentligi haqida

Fitch Ratings agentligi kredit reytinglari, tahliliy tadqiqotlar va sharhlar sohasida liderlardan biri hisoblanadi. U Standard & Poor’s va Moody’s bilan birgalikda dunyoning eng nufuzli reyting agentliklarining "katta uchligi"ga kiradi. Agentlik moliyaviy institutlar, banklar, sug‘urta kompaniyalari, korporatsiyalar, davlatlar va munitsipal tuzilmalarga reytinglar beradi.



Kapitalbank Kapitalbank aksiyadorlik tijorat banki 2001-yilda tashkil topgan. Faoliyat ko‘rsatishni boshlagandan buyon bank jadal sur'atlarda rivojlandi. Korporativ mijozlarga xizmat ko‘rsatish sohasi bilan bir qatorda chakana segmentda ham yuqori o‘sish sur'atlariga erishdi. Hozirda Kapitalbank ATB O‘zbekistonning eng yirik tijorat banklaridan biri, universal va ishonchli moliya instituti hisoblanadi. Bank to‘liq hajmda yuqori sifatli zamonaviy bank xizmatlarini ko‘rsatadi, o‘z mijozlari va sheriklarining barcha ehtiyoj va xohish-istaklarini imkon qadar qoniqtirishga intiladi.
O'xshash yangiliklar
Mikroqarzni qachon olish maqsadga muvofiq: Octobank tahlili

19.08.2025

Mikroqarzni qachon olish maqsadga muvofiq: Octobank tahlili

2025-yil birinchi yarim yilligi yakunlari: Octobank ko‘rsatkichlarining barqaror o‘sishi va hamkorliklarning kengayishi

12.08.2025

2025-yil birinchi yarim yilligi yakunlari: Octobank ko‘rsatkichlarining barqaror o‘sishi va hamkorliklarning kengayishi

TBC Uzbekistan 2025-yilning 2-choragi uchun MHXS bo‘yicha moliyaviy natijalarni eʼlon qildi: kredit va depozit portfellarining 113% ga va 93% ga o‘sishi hisobiga umumiy operatsion daromad 100% ga oshib, 1,543 trillion so’mni tashkil etdi

08.08.2025

TBC Uzbekistan 2025-yilning 2-choragi uchun MHXS bo‘yicha moliyaviy natijalarni eʼlon qildi: kredit va depozit portfellarining 113% ga va 93% ga o‘sishi hisobiga umumiy operatsion daromad 100% ga oshib, 1,543 trillion so’mni tashkil etdi



Orphus tizimi