Bu mazkur bank tomonidan erishilayotgan yuqori iqtisodiy ko‘rsatkichlarning yana bir xorijiy e’tirofidir.
ATB «Qishloq qurilish bank» o‘z infratuzilmalari tarmog‘i va xizmatlar ko‘lamini kengaytirish orqali aholini sifatli xizmatlar bilan ta’minlashga intilmoqda. Buning samarasi o‘laroq, mijozlar soni muttasil o‘sib borishiga erishilmoqda.
2020 yilning 1 avgust holatiga ko‘ra, bankning umumiy kapitali 2 334,2 mlrd. so‘mni tashkil etgani holda yil boshiga nisbatan 888,3 mlrd. so‘mga ortdi. Hisobot davriga bankning shakllangan ustav kapitali 1 855,2 mlrd. so‘mni tashkil etmoqda. Bankdagi jami depozitlar miqdori 3 301,0 mlrd. so‘mni jumladan, qisqa muddatlisi 684,4 mlrd. so‘mni, uzoq muddatlisi 2 616,6 mlrd. so‘mni tashkil etdi. E’tiborlisi, yil boshiga nisbatan jami depozitlar miqdori 17,9 foizga, uzoq muddatli depozitlar esa 503,3 mlrd. so‘mga yoki 24,0 foizga oshgan.
Zamonaviy xizmatlarni joriy etish orqali mijozlar ishonchini qozonish kelgusida ham «Qishloq qurilish bank» faoliyatining ustuvor maqsadi bo‘lib qoladi.
Manba:www.uza.uz
11.03.2026
5 million Uzum kartasi: mamlakatdagi eng talabgir bank mahsulotlaridan biri
04.03.2026
CAFA va Sun’iy intellekt va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish markazi hamkorlik Memorandumini imzoladi
26.02.2026
Uzum Bank mamlakat bo‘ylab bankomatlar tarmog‘ini kengaytirmoqda
Fitch Ratings agentligi «Qishloq qurilish bank» reytingini «Barqaror» deb baholadi