Fitch Ratings “Mikrokreditbank” ATB reytingini “BB-” darajasida tasdiqladi

20.05.2021
20.05.2021     Joriy yilning 17-may kuni xalqaro nufuzli reyting kompaniyalaridan biri Fitch Ratings “Mikrokreditbank” ATB uzoq muddatli reytingini “BB-” barqaror darajasida tasdiqladi.   Ushbu daraja bankning asosiy ko‘rsatkichlari barqarorligini, xususan, kreditlash salohiyatining yuqoriligini ifodalaydi hamda mijozlari va hamkorlari oldida ishonchliligini namoyon etadi.       Fitch Ratings bank reytingini aniqlashda uning  moliyaviy faoliyati, xususan, kreditlash sohasida istiqboldagi salohiyatini chuqur o‘rganib, tahlil qildi.     Ta’kidlash joiz, “Mikrokreditbank”ning kreditlash faoliyati keng qamrovli. Bank sarmoyalari iqtisodiyotning yirik tarmoqlaridan tortib, kichik biznes sohasini moliyalashtirishda muhim rol o‘ynaydi. Xususan, quyonchilik, hunarmandchilik, va qishloq xo`jaligi kabi iqtisodiyotning real sektoridagi bir necha o‘nlab loyihalar “Mikrokreditbank” ATB investitsiyalari hisobiga o‘z vaqtida hayotga tatbiq etilmoqda. Yetakchi reyting kompaniyasi tomonidan taqdim etilgan ushbu xalqaro darajadagi reyting “Mikrokreditbank” ATB faoliyati samaradorligini hamda o‘z vazifalarini to‘laqonli bajarayotganligini bildiradi.  
MKBank “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 5-maydagi “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat bankini tashkil etish toʼgʼrisida”gi PF-3750-sonli Farmoni asosida tashkil etildi.Bank xalqaro moliyaviy institutlar hamda chet el tijorat banklari bilan hamkorlik aloqalarini oʼrnatgan.
O'xshash yangiliklar
Octobank 2026-yilning I-choragi natijalari: barqaror o‘sish va ijtimoiy tashabbuslarga e’tibor

16.04.2026

Octobank 2026-yilning I-choragi natijalari: barqaror o‘sish va ijtimoiy tashabbuslarga e’tibor

Tenge Bank Central Asian Fintech Association (CAFA) a’zoligiga qo‘shildi

13.04.2026

Tenge Bank Central Asian Fintech Association (CAFA) a’zoligiga qo‘shildi

Uzum Bank Global Finance talqini bo‘yicha O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb topildi

07.04.2026

Uzum Bank Global Finance talqini bo‘yicha O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb topildi



Orphus tizimi