Fitch Ratings “Mikrokreditbank” kredit reytingini «BB-» darajasida qayta tasdiqladi

27.10.2020
27.10.2020      2020-yil 19-oktyabr kuni xalqaro nufuzli reyting kompaniyalaridan biri – Fitch Ratings “Mikrokreditbank” ATB kredit reytingini «BB-» darajasida tasdiqlab, uning istiqbolini “Barqaror” deya baholadi.   Ushbu daraja bankning asosiy ko‘rsatkichlari barqarorligini, xususan, kreditlash salohiyatining yuqoriligini ifodalaydi hamda mijozlari va hamkorlari oldida ishonchliligini namoyon etadi.       Fitch Ratings bank reytingini aniqlashda uning  moliyaviy faoliyati, xususan, kreditlash sohasida istiqboldagi salohiyatini chuqur o‘rganib, tahlil qildi.       Ta’kidlash joiz, “Mikrokreditbank”ning kreditlash faoliyati keng qamrovli. Bank sarmoyalari iqtisodiyotning yirik tarmoqlaridan tortib, kichik biznes sohasini moliyalashtirishda muhim rol o‘ynaydi. Xususan, quyonchilik, xunarmandchilik, va qishloq xujaligi kabi iqtisodiyotning real sektoridagi bir necha o‘nlab loyihalar “Mikrokreditbank” ATB investitsiyalari hisobiga o‘z vaqtida hayotga tatbiq etilmoqda. Yetakchi reyting kompaniyasi tomonidan taqdim etilgan ushbu xalqaro darajadagi reyting “Mikrokreditbank” ATB faoliyati samaradorligini hamda o‘z vazifalarini to‘laqonli bajarayotganligini bildiradi.  
MKBank “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 5-maydagi “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat bankini tashkil etish toʼgʼrisida”gi PF-3750-sonli Farmoni asosida tashkil etildi.Bank xalqaro moliyaviy institutlar hamda chet el tijorat banklari bilan hamkorlik aloqalarini oʼrnatgan.
O'xshash yangiliklar
Tashkent City’da Asterium kriptoekotizimining flagman ofisi ochildi. U xavfsizlik, shaffoflik va premial foydalanuvchi tajribasiga urg‘u berilgan yangi makondir.

23.04.2026

Tashkent City’da Asterium kriptoekotizimining flagman ofisi ochildi. U xavfsizlik, shaffoflik va premial foydalanuvchi tajribasiga urg‘u berilgan yangi makondir.

Biznes — bu to'g'ri qarorlar va ishonchli hamkorlik

23.04.2026

Biznes — bu to'g'ri qarorlar va ishonchli hamkorlik

Biznes mablag‘lari shunchaki hisobda turmasligi kerak — ular ishlashi kerak

23.04.2026

Biznes mablag‘lari shunchaki hisobda turmasligi kerak — ular ishlashi kerak



Orphus tizimi