JET: Qaysi banklarda kartani bepul olish mumkin? Batafsil

Fitch Ratings “O’zsanoatqurilishbank” reytingini bir pog‘ona oshirdi

16.01.2019
Fitch Ratings “O’zsanoatqurilishbank” reytingini bir pog‘ona oshirdi Xalqaro nufuzli reyting kompaniyalaridan biri - Fitch Ratings “O’zsanoatqurilishbank” kredit reytingini «B+»dan «BB-»ga oshirib, uning istiqbolini “Barqaror” deya baholadi. Ushbu daraja bankning asosiy ko‘rsatkichlari barqarorligini, xususan, kreditlash salohiyatining yuqoriligini ifodalaydi. Mijozlari, hamkorlari va sarmoyadorlari oldida ishonchliligini namoyon etadi. Fitch Ratings bank reytingini aniqlashda uning yillik moliyaviy faoliyati, xususan, kreditlash sohasida istiqboldagi salohiyatini chuqur o‘rganib, tahlil qildi. Ta’kidlash joiz, “O’zsanoatqurilishbank”ning kreditlash faoliyati keng qamrovli. Bank sarmoyalari iqtisodiyotning yirik tarmoqlaridan tortib, kichik biznes sohasini moliyalashtirishda muhim rol o‘ynaydi.  Neft-gaz, energetika, kimyo, metallurgiya kabi iqtisodiyotning real sektoridagi bir necha o‘nlab loyihalar “O’zsanoatqurilishbank” investitsiyalari hisobiga o‘z vaqtida hayotga tatbiq etilmoqda. Yetakchi reyting kompaniyasi tomonidan taqdim etilgan ushbu xalqaro darajadagi reyting “O’zsanoatqurilishbank”  faoliyati samaradorligini hamda o‘z vazifalarini to‘laqonli bajarayotganligini bildiradi. Bu esa uning mijozlar oldidagi obro‘yini yanada oshiradi.Bank Axborot xizmati
O‘zsanoatqurilishbank “O’zsanoatqurilishbank” ATB O’zbеkiston Rеspublikasidagi eng boy tarixga ega moliya muassasalaridan biri sanaladi. Uning tarixi Toshkеntda Sanoatbankning O’rta Osiyo idorasi ochilgan vaqtdan, ya'ni 1922 yildan boshlanadi.

QQS to'lovchining ro'yxatdan o'tish kodi:   326030011774

MFO: 00440    
O'xshash yangiliklar
So‘m o‘z pozitsiyalarini boy berdi, ammo bu uzoq davom etmaydi

01.02.2026

So‘m o‘z pozitsiyalarini boy berdi, ammo bu uzoq davom etmaydi

O‘zbekiston Markaziy banki va Kapitalbank nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun moliyaviy inklyuziya forumini o‘tkazdi

28.01.2026

O‘zbekiston Markaziy banki va Kapitalbank nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun moliyaviy inklyuziya forumini o‘tkazdi

Har qanday vaziyatga chidamli portfel: nima uchun mablag‘larni turli aktivlarga taqsimlash kerak va buni qanday to‘g‘ri bajarish lozim?

23.01.2026

Har qanday vaziyatga chidamli portfel: nima uchun mablag‘larni turli aktivlarga taqsimlash kerak va buni qanday to‘g‘ri bajarish lozim?



Orphus tizimi