Bank mijozlari (EMV kartalari egalari), «PayMe» mobil ilovasidan yoki «CLICK» mobil ilovasidan foydalanib, pul mablag’larini jo’natishlari yoki olishlari mumkin. Foydalanuvchilar uchun Servis qiymati har bir muvaffaqiyatli amalga oshirilgan pul o’tkazmasi summasining 2% i miqdorida o’rnatiladi.
Pul mablag’larini Foydalanuvchi plastik kartalaridan yechib olish pul o’tkazmalari amalga oshirilish vaqtida avtomatik tarzda bajariladi. Oluvchining kartasiga o’tkazmaning to’liq summasi tushadi. Servis qiymati Foydalanuvchi kartasidan o’tkazma summasiga qo’shimcha holda yechib olinadi.
1. Pul o’tkazmalari valyutasi milliy valyuta – so’m hisoblanadi.
2. O’tkazmaning eng kam miqdori – 5 000 (besh ming) so’mni tashkil etadi.
3. Bitta o’tkazmaning eng ko’p miqdori – 1 000 000 (bir million) so’mni tashkil etadi.
4. O’tkazmalar bo’yicha cheklovlar – bir kalendar oyi davomida bitta bank plastik kartasi orqali qabul qilish umumiy summasi 5 000 000 (besh million) so’m, va bir kalendar oyi davomida bitta bank plastik kartasi orqali jo’natish umumiy summasi 5 000 000 (besh million) so’m.
5. O’tkazmalar soni bo’yicha cheklovlar – cheklanmagan (bitta bank plastik kartasiga bir oy davomida kiritilishi mumkin bo’lgan umumiy summa doirasida).
6. «Payme» Servisi doirasida korporativ plastik kartochkalardan foydalanib pul o’tkazmalarini amalga oshirishga yo’l qo’yilmaydi.
30.06.2025
Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya
24.06.2025
Savdo, fintex va «yashil» loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda
16.06.2025
Paynet kompaniyasining alyansi Xalq banki bilan hamkorlik orqali mustahkamlanmoqda
Foydalanuvchilarga bir bank plastik kartasidan ikkinchisiga milliy valyutadagi pul mablag’larini onlayn rejimida «Payme» va «CLICK» to’lov usuli yordamida o’tkazish imkonini beruvchi servis ishga tushirildi