«Frontera Capital» Sanoat Qurilish Bank qimmatli qog‘ozlarini sotib oladi

20.12.2018
«Frontera Capital» Sanoat Qurilish Bank qimmatli qog‘ozlarini sotib oladi Joriy yilning 15-18 dekabr kunlari Sanoat Qurilish Bank delegatsiyasi Birlashgan Arab Amirliklarida bo‘ldi. 17 dekabr kuni Abu Dabi shahrida Sanoat Qurilish Bank va «Frontera Capital» investitsiya kompaniyasi o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan kelishuv imzolandi.  Hujjat 50 mln. AQSh dollari miqdorida investitsiya va kredit vositalarini jalb qilishni nazarda tutadi. Bundan tashqari, kelishuvga ko‘ra, «Frontera Capital» Sanoat Qurilish Bank tomonidan emissiya qilingan qimmatli qog‘ozlarni sotib oladi. Bu investitsiya loyihalarini uzoq muddatli resurslar bilan moliyalashtirish imkoniyatini yanada oshiradi. Tomonlar, shuningdek, O‘zbekiston kredit bozorini rivojlantirish bo‘yicha istiqbolli hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga kelishib oldi.Eslatib o‘tamiz, «Frontera Capital» investitsiya kompaniyasi hisoblanadi. Kompaniya rivojlanayotgan mamlakatlardagi kreditlar va obligatsiyalar bo‘yicha ikkilamchi bozorlarni qo‘llab-quvvatlab keladi. Bank Axborot xizmati
O‘zsanoatqurilishbank “O’zsanoatqurilishbank” ATB O’zbеkiston Rеspublikasidagi eng boy tarixga ega moliya muassasalaridan biri sanaladi. Uning tarixi Toshkеntda Sanoatbankning O’rta Osiyo idorasi ochilgan vaqtdan, ya'ni 1922 yildan boshlanadi.

QQS to'lovchining ro'yxatdan o'tish kodi:   326030011774

MFO: 00440    
O'xshash yangiliklar
Octobank 2026-yilning I-choragi natijalari: barqaror o‘sish va ijtimoiy tashabbuslarga e’tibor

16.04.2026

Octobank 2026-yilning I-choragi natijalari: barqaror o‘sish va ijtimoiy tashabbuslarga e’tibor

Tenge Bank Central Asian Fintech Association (CAFA) a’zoligiga qo‘shildi

13.04.2026

Tenge Bank Central Asian Fintech Association (CAFA) a’zoligiga qo‘shildi

Uzum Bank Global Finance talqini bo‘yicha O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb topildi

07.04.2026

Uzum Bank Global Finance talqini bo‘yicha O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb topildi



Orphus tizimi