Kapitalbank Uzcard versiyasiga ko'ra korporativ biznesni rivojlantirish bo'yicha yetakchiga aylandi Batafsil

GАROV TА’MINOTI YETАRLI BOʼLMАSА, KREDIT АJRАTILMАYDI

18.08.2020
18.08.2020     Yaqinda ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyati Paxtachi tumanidagi tadbirkorning kredit ololmayotgani aks etgan video joylangan edi. Ushbu holat bank mutaxasislari tomonidan o’rganib chiqildi.        Murojaatchi Аbduxakimov Elbek viloyat hokimining yer uchastkasini auksionga chiqarish to’gʼrisidagi 20.11.2019- yildagi 3741-sonli qaroriga asosan onlayn auksion orqali 06.12.2019- yildagi №YU 0713-000027- sonli bayonnoma asosida Paxtachi tumani “Urganji” MFYda joylashgan 0.5 gektar yer maydonini quyidagi shartlar asosida sotib olgan:          1. 1 (bir) yil muddatda qurilish ishlarini bajarish;          2. Loyihaning 30% miqdorida tadbirkorning oʼz mablagʼlari jalb qilinishi;          3. 1,0 mlrd. soʼm miqdorida investitsiya kiritish.         Ushbu shartlarning hech biri mijoz tomonidan bajarilmagan. Jumladan, elektr simlari tortilmagan va transformator oʼrnatilmagan. Shunday boʼlsada, tuman hokimining korxonaga 0.5 gektar yer maydoni ajratish boʼyicha 03.02.2020- yildagi №103 raqamli qarori chiqarilgan.          Mijoz “Mikrokreditbank” АTB “Ziyovuddin” filialiga 2020-yilning 23-aprel kunida, 2.3 mlrd. soʼm miqdorida yillik 28 foiz ustama bilan 36 oy muddatga “Gʼisht ishlab chiqarish zavodini tashkil etish” maqsadida kredit mablagʼlari ajratilishini soʼrab murojaat qilgan. Kreditining taʼminoti sifatida Paxtachi tumani “Аmirobod” MFY hududida joylashgan, “Navoiy real baxo” MChJ tomonidan 4,2 mlrd. soʼmga baholangan, “Аbduxakimov Elbek” xususiy korxonasiga tegishli koʼchmas mulk garovga qoʼyilishi rejalashtirilgan.          Mijoz arizasi yuzasidan filial kredit boʼlimi xodimlari tomonidan loyiha joyi oʼrganib chiqilib, taʼminotga taqdim qilinayotgan mulklar yuqori narxda baholanganligi va kredit taʼminoti uchun yetarli emasligi aniqlangan va mijozga yozma shaklda javob xati berilgan.  Shundan soʼng, 2020-yilning 18-may kunida korxona tomonidan kredit soʼrab qaytadan ariza bilan murojaat qilingan. Mijoz arizasi bank xodimlari tomonidan oʼrganib chiqilib, korxonaning hisob raqamida umuman pul aylanmasi yoʼqligi, garov sifatida taqdim etilayotgan mol-mulklar va fond kafilligi hammasi boʼlib 960 million soʼm miqdoridagi kredit taʼminoti uchun yetarliligi va 1 mlrd. 40 mln. soʼmlik kredit taʼminotsiz qolayotganligi sababli mijozning arizasi rad etilgan.         Garovga qoʼyilgan mulklarni mustaqil baholash tashkiloti tomonidan xolis baholanganligi bo’yicha xulosa berilishini so’rab, Oʼzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qoʼmitasiga murojaat qilindi.          Xulosa shuki, o’rganish jarayonida vlogger va fuqaroning e’tirozlari o’z isbotini topmadi.     Bank Axborot xizmati   
MKBank “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 5-maydagi “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat bankini tashkil etish toʼgʼrisida”gi PF-3750-sonli Farmoni asosida tashkil etildi.Bank xalqaro moliyaviy institutlar hamda chet el tijorat banklari bilan hamkorlik aloqalarini oʼrnatgan.
O'xshash yangiliklar
Kapitalbank Uzcard versiyasiga ko'ra korporativ biznesni rivojlantirish bo'yicha yetakchiga aylandi

25.10.2024

Kapitalbank Uzcard versiyasiga ko'ra korporativ biznesni rivojlantirish bo'yicha yetakchiga aylandi

Plum Tech UZCARD EXPO 2024 da: moliyaviy imkoniyatlarni o‘zgartiruvchi texnologiyalar

24.10.2024

Plum Tech UZCARD EXPO 2024 da: moliyaviy imkoniyatlarni o‘zgartiruvchi texnologiyalar

ATTO EXPO 2024 UZCARDda: Transport kartalaridan foydalanish bo‘yicha yechimlarni namoyishi

24.10.2024

ATTO EXPO 2024 UZCARDda: Transport kartalaridan foydalanish bo‘yicha yechimlarni namoyishi



Orphus tizimi