“Gazprombank” bilan hamkorlik mustahkamlanmoqda

27.01.2020
“Gazprombank” bilan hamkorlik mustahkamlanmoqdaJoriy yilning 27-yanvar kuni O‘zsanoatqurilishbank Bosh ofisida Gazprombank Boshqaruv raisi o‘rinbosari Aleksey Matveyev boshchiligidagi bank delegasiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tomonlar banklar o‘rtasida hamkorlik munosabatlari mustahkamlanib borayotganini mamnuniyat bilan qayd etdi. Shu bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan iqtisodiyot tarmoqlarini jadal liberallashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar banklar oldiga ham qator vazifalarni qo‘yayotgani ta’kidlandi. O‘zsanoatqurilishbankning xalqaro qarz bozoridagi debyuti – 300 million dollarlik yevrobondlarning ahamiyati Gazprombank mutasaddilari tomonidan yana bir bor e’tirof etilib, bu O‘zbekistondagi boshqa kompaniyalar uchun ham benchmark bo‘lishi qayd etildi. Gazprombank delegasiyasi, shuningdek, mamlakatimiz ishbilarmonlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini ma’lum qildi. Bank Axborot xizmati
O‘zsanoatqurilishbank “O’zsanoatqurilishbank” ATB O’zbеkiston Rеspublikasidagi eng boy tarixga ega moliya muassasalaridan biri sanaladi. Uning tarixi Toshkеntda Sanoatbankning O’rta Osiyo idorasi ochilgan vaqtdan, ya'ni 1922 yildan boshlanadi.

QQS to'lovchining ro'yxatdan o'tish kodi:   326030011774

MFO: 00440    
O'xshash yangiliklar
Qashqadaryo: ANORBANK 150 nafar maktab o‘quvchilari uchun moliyaviy savodxonlik darslarini o‘tkazdi

24.04.2026

Qashqadaryo: ANORBANK 150 nafar maktab o‘quvchilari uchun moliyaviy savodxonlik darslarini o‘tkazdi

Tashkent City’da Asterium kriptoekotizimining flagman ofisi ochildi. U xavfsizlik, shaffoflik va premial foydalanuvchi tajribasiga urg‘u berilgan yangi makondir.

23.04.2026

Tashkent City’da Asterium kriptoekotizimining flagman ofisi ochildi. U xavfsizlik, shaffoflik va premial foydalanuvchi tajribasiga urg‘u berilgan yangi makondir.

Biznes — bu to'g'ri qarorlar va ishonchli hamkorlik

23.04.2026

Biznes — bu to'g'ri qarorlar va ishonchli hamkorlik



Orphus tizimi