O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tashabbusi bilan hamda AT "Aloqabank" tomonidan joriy yilning 19-20 may kunlari yoshlarni moliyaviy savodxonligini oshirish maqsadida Toshkent viloyati Bo'stonliq va Toshkent tumanlardagi bir qator maktab o‘quvchilari orasida e'lon qilingan Butunjahon pul haftaligi – “Global Money Week 2021” doirasida "Moliyaviy savodxonlik kunlik turmush tarzida" devoriy gazetalar tanlov g'oliblarini taqdirlash marosimi o‘tkazildi.
Tanlovda maktabning iqtidorli 8-9-10-sinf o'quvchilari o'z biznes rejalari aks etgan "Mening oila byudjetim" - o'z oilaviy daromadi tasvirlangan devoriy gazetalari bilan faol qatnashib, kelajakdagi rejalari bilan barchani tanishtirib, maqsad sari intilishga qo'yilgan ilk qadamlarini ta'riflab berishdi.
Tanlov o'quvchilarning iqtisodiy savodxonligini yana bir pog'ona yuqoriga ko'tarib,barcha ishtirokchilarda yaxshi taassurot qoldirdi. Tanlov ishtirokchilari Aloqabank tomonidan esdalik sovg'alar bilan taqdirlandilar.




24-05-2021
13.05.2026
Central Asian Fintech Association (CAFA) Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan menejerlar va IT yetakchilari uchun eng muhim tadbirlardan biri — Manager’s Conference 2026 tadbirining hamkori va ishtirokchisi sifatida qatnashadi
05.05.2026
Janubiy Koreyadan pul o‘tkazmalari yanada qulaylashdi: Octobank HUMO kartalariga E9PAY uladi
24.04.2026
Qashqadaryo: ANORBANK 150 nafar maktab o‘quvchilari uchun moliyaviy savodxonlik darslarini o‘tkazdi
“Global Money Week 2021” tanlov g'oliblarini taqdirlash marosimi o‘tkazildi