JET: Endi komissiyasiz kartadan kartaga 78 mln so'mgacha o'tkazish mumkin Batafsil

“Hamkor Mobile” – zamonaviy bank xizmati

Chet el kapitali ishtirokidagi “Hamkorbank” Aktsiyadorlik - Tijorat banki jahon standartlariga javob beruvchi, mijozlar uchun qulay turli xil zamonaviy bank xizmati turlarini taqdim etib kelmoqda.


 “Hamkor Mobile” mobayl banking xizmati zamonaviy bank xizmat turlaridan biri hisoblanib, 2014 yilda joriy qilingan. Ushbu xizmat internet-texnologiyalari asosida yaratilgan bo'lib, bank xizmatlaridan “On-line” tartibida foydalanish imkoniyatini beradi. Shuningdek, mazkur xizmat turi mijozlarga qimmatli vaqtlarini tejash, oshiqcha xarajatlarning oldini olish, bir xizmat orqali turli amaliyotlarni bajarish qulayliklariga ega. “Hamkor Mobile” xizmatiga mijoz bank filialiga tashrif buyurmasdan masofadan turib ulanishi va o'ziga kerakli to'lovlarni amalga oshirishi mumkin.


Ushbu bank xizmati orqali mijozlar quyidagi yo'nalishlarda to'lovlarni amalga oshirish imkoniyatiga ega bo'ladilar:



  • O'zbekistonda faoliyat yuritayotgan barcha mobil aloqa xizmatlari uchun to'lovlar (Ucell, Uzmobile, GSM Uzmobile, UMS, Beeline, PerfectumMobile);

  • Tabiiy gaz va elektr energiyasi uchun to'lovlar;

  • Internet aloqasi uchun to'lovlar (SarkorTelecom, UZ-Online, Evo, TPS);

  • Shahar telefonlari uchun to'lovlar;

  • IP TV uchun to'lovlar;

  • Kabel televidenielari uchun to'lovlar (Uzdigital TV, Star TV);

  • Tizim ichidagi to'lovlarni, ushbu to'lov turi orqali mobayl bank tizimidan ro'yxatdan o'tgan mijozlar o'zlariga ochilgan maxsus hisob varaqlar orqali plastik kartadagi mablag'larni boshqa ushbu tizimdan ro'yxatdan o'tgan jismoniy shaxs mobil bank maxsus raqamiga o'tkazish imkoniyati mavjud, ya'ni bankga murojaat qilmagan holatda naqd pulsiz to'lovlari;

  • Jismoniy shaxslar “Hamkorbank” ATB filiallaridan olgan kreditlari uchun oylik to'lovlari;

  • Tovar va xizmatlar sotib olish uchun bir marotabalik to'lovlarni amalga oshirishi mumkin.


Shuningdek, jismoniy shaxslar o'z plastik karta hisob varag'idan (22618, 22617) maxsus mobil bank hisobvarag'iga pul o'tkazish yoki teskari amaliyotni bajarish mumkin. Bundan tashqari, “Hamkorbank” ATB filiallarining mijozlari omonat hisob varaqlari, kreditlari, plastik kartalari va boshqa hisob varaqlari to'g'risidagi kirim va chiqim amaliyotlarini, hisoblangan foizlarni, qoldiqlarni, aylanmalari to'g'risidagi ma'lumotlarni olish imkoniyatiga ega.


“Hamkor Mobile” xizmatiga ulanish uchun PlayMarket dasturidan ilovani bepub yuklab oling
va to'lovlaringizni tez
hamda oson amalga oshiring!








Hamkor Mobile


Hamkorbank Chet el kapitali ishtirokidagi "Hamkorbank" aksiyadorlik tijorat banki O‘zbekiston Respublikasi bank xizmatlari bozorida 1991 yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. Bank 28 yil ichida Respublikaning barcha ma’muriy mintaqalarini qamrab olgan keng tarqalgan filiallar tarmogʻini shakllantirdi.
Manba: Hamkorbank
O'xshash yangiliklar
«Kapitalbank» ATB rahbariyat tarkibini kadrlar zaxirasi hisobidan kengaytirmoqda

05.05.2025

«Kapitalbank» ATB rahbariyat tarkibini kadrlar zaxirasi hisobidan kengaytirmoqda

Paynet Londondagi: Innovate Finance Global Summit 2025’da ishtirok etdi

02.05.2025

Paynet Londondagi: Innovate Finance Global Summit 2025’da ishtirok etdi

Octobank yilni ko‘rsatkichlarning o‘sishi va xalqaro e’tirof bilan boshladi

01.05.2025

Octobank yilni ko‘rsatkichlarning o‘sishi va xalqaro e’tirof bilan boshladi



Orphus tizimi